Bolalarda emotsional stresslarini oldini olish usullari


Bolalar psixik-asab tizimi kasalliklari



Yüklə 330,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix01.01.2022
ölçüsü330,67 Kb.
#107104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOLALARDA EMOTSIONAL STRESSLARINI OLDINI OLISH USULLARI. INDUVIDUAL RIVOJLANISH DAVRIDA IMMUN REAKSIYALARINI RIVOJLANISHI

Bolalar psixik-asab tizimi kasalliklari. 

Nevrozlar. Nevrozlar 3 turda bo`ladi: nevrosteniya, isteriya, psixosteniya. 

Nevrosteniya  nevrozi.  Bu  kasallik  ko`pincha  zehnli,  o`ta  ishchan,  qobiliyatli  o`smirlarda  aqliy 

zo`riqish  tufayli  kelib  chiqadi.O`smir  injiq,  serjahlli  bo`lib  qoladi,  boshi  og`riydi,  uyqusi  buziladi,  tez 

charchaydi, xotirasi pasayadi, o`zining bilim va qobiliyatiga ishonchsizlik paydo bo`ladi, bajargan ishini 

qayta-qayta ko`zdan kechiradi, natijada aqliy va jismoniy charchash-zo`riqish toboro kuchayaveradi. 

Isteriya  nevrozi.  Bu  kasallik  fikrash  qobiliyati  uncha  rivojlanmagan,  oilada  tarbiyasi  noto`g`ri 

bo`lgan,  erkatoy,  fe`l-atvorida  xudbinlik,  o`jarlik  nuqsonlari  bo`lgan  bolalar  va  o`smirlarning  ruhiy 

zo`riqishi  natijasida  yuzaga  keladi.  Bola,  o`smir  ota-onasi,  o`qituvchisi,  atrofdagilarning  aytganlarini 

o`jarlik  bilan  teskarisini  qiladi.  Maktabga  o`z  vaqtida  borish,  darslarga  faol  qatnashish  kabi  taklifga 

baqirish,  yig`lash,  qo`l-oyoqlarini  tipirchilatib  talvasa  qilish,  qornida,  yuragida  og`riq  paydo  bo`ldi,  deb 

bahona qilish yoki ko`rpaga o`ralib, hech kim bilan gaplashmasdan yotib olish kabi yoqimsiz fe`l-atvorlar 

bilan ajralib turadi. Kuzatuvlarga qaraganda bunday o`smirlar ulg`ayganida o`jar, urushqoq, qonunbuzar, 

har  xil  bahonalar  bilan  o`zini  kasallikka  solib  shifoxona  xodimlarining  ham  asabini  egovlaydigan 




 

bo`ladilar. 



Psixasteniya  nevrozi.  Aksariyat  hollarda  bu  kasallik  tinch-totuvligi  bo`lmagan,  vahimalar  bilan 

yashaydigan  oilalarning  bolalarida  uchraydi.Bunday  bola-o`smirda  hayajonlanish  kuchli  bo`ladi. 

Masalan, o`qituvchi doska oldiga chaqirib, o`tilgan mavzuni so`raganida hovliqib, qo`rqib o`zini yo`qotib 

quyadi.Bu kasallikka uchragan ayrim o`smirlar o`ta oriyatli bo`lib qoladi. Shu sababli ular tinimsiz aqliy 

mehnat  bilan  shug`ullanadi.Buning  natijasida  ruhiy  charchash  tobora  kuchayib  boradi,  o`ta  charchash 

tufayli  xotirasi  pasaya  boradi.Buning  oqibatida  u  o`zini  noqulay  his  etib,  maktabga  bormay  qo`yadi.U 

ko`chalarda  daydib  yuradi,  kechalari  ko`rpaga  o`ralib  yig`laydi.O`zidagi  kechinmalarni  ota-onasiga 

aytishdan xijolat tortadi. 

 

Tibbiy  yordam. Nevrosteniya, isteriya, psixasteniya nevrzlarining belgilari  nomoyon bo`lgan bolalar 



va o`smirlarning ota-onalari poliklinikaning asab-ruhiy kasalliklari shifokoriga ko`rsatishlari kerak.Ularga 

tinchlantiruvchi dorilar, vitaminlar, fiziterapiya muolajalari tavsiya qilinadi. 

Eng  muhimi  kun  tartibini  gigiyena  qoidalari  asosida  tashkil  etish,  ko`proq  ochiq  havoda  sayr  qilish, 

jismoniy tarbiya va yengil sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanish kabilarga e`tiborni kuchaytirish lozim. 

Duduqlanish.  Bolalarda  ucharydigan  nevrozning  bir  ko`rinishi  bo`lib,  aksariyat  hollarda  1-3  va  7-8 

yoshdagi bolalarda uchraydi. 

Sababi. Qo`rqish, shikastlanish. 

Belgilari:  Gapirgan  paytda  bolaning  yuz,  jag`  muskullari  tirishib,  gapirishi  qiyinlashib,  duduqlanib 

qoladi,  shu  bois  u  gapirmaslikka  intiladi.Bunday  bolaga  baqirganda,  qo`pol  muomula  qilganda 

duduqlanish holati yanada kuchayadi. 

Tibbiy  yordam.  Bunday  bolalar  poliklinakaning  logoped  mutaxassisi  nazoratida  bo`lishlari  kerak. 

Ularga  tinchlantiruvchi  dorilar:  brom,  valerianaa,  vitaminlar  tavsiya  etiladi.Ularga  logoped  tomonidan 

maxsus  mashg`ulotlar  o`tkaziladi.Bunday  bolalarga  yaxshi  muomala  qilish,  oilada  janjallarni  bartaraf 

etish lozim. 

Bolalarda psixik-asab buzilishlarining oldini olish. 

1.Bolalarni  yoshligidan  oilada,  bog`chada,  maktabda  gigiyena  talabi  asosida  tuzilgan  kun  tartibiga 

amal qilishga odatlantirish. 

2.Bolaga va uning yaqinida baqirmaslik, kattalar bir-birlari bilan janjallashmasliklari kerak. 

3.Bolaning  fe`l-atvorida  sodir  bo`layotgan  har  bir  o`zgarishni  ota-ona,  murabbiy  va  o`qituvchilar 

tomonidan  sinchkovlik  bilan  nazorat  qilish,  ularni  bartaraf  etishga  qaratilgan  tibbiy-pedagogik  chora-

tadbirlarni amalga oshirish. 

4.Bolani shikastlanishlardan saqlash. 

5.Bolada  gripp,  angina,  tish,  quloq,  gijja,  xoreya,  ichak  va  boshqa  kasalliklarning  belgilari  sezilishi 

bilanoq  mutaxassis  shifokorlarga ko`rsatish va davolatish.  




Yüklə 330,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin