Bolaning xolati yotgan, oʻtirgan boʻlishi mumkin. Yumshoq stetoskopdan foydalaniladi. Ikkala oʻpkaning simmetrik soxalari: oʻpka choʻqqisi, oʻpkaning oldingi yuzasi, yon qismlari, qoʻltiq osti, kuraklar ostidagi soxalar, kuraklar orasi va paravertebral soxalar eshitiladi. Yangi tugʻilgan chaqaloq va 3-6 oygacha kuchsiz vezikulyar nafas, 6 oydan 5-7 yoshgacha pueril nafas (nafasning ikkala fazasi kuchli va davomli) eshitiladi. 7 yoshdan soʻng nafas sekin asta vezikulyar tusga oʻtiladi.
25
2.
Auskultatsiyada yana krepitatsiya va plevra ishqalanish shovqini ham eshitiladi. Krepitatsiya – nojoʻya shovqin boʻlib, nafas olishda koʻp miqdradagi yopishgan alveolalar ochilishi natijasida kelib chiqadi. Ovozi xuddi selofan yoki quloq oldida such tutamini barmoqlar bilan ishqalanishi kabi eshitiladi. Krepitatsiya yoʻtalganda oʻzgarmaydi.