Puxta material (namoyish qiluvchi va tarqatma) tayyorlash.
Bolalar faoliyatini o’zgarib turishga , qiziqishga e’tibor qilish.
Mashg’ulot o’rtasida harakatli o’yinlar o’tkazishni rejalashtirish.
Mashg’ulot davomida bolalarning mustaqil xulosa chiqarishlariga erishish.
Bolalarning xilma-xil javoblarini rag’batlantirish.
Dastur materialini mashg’ulotlarga taqsimlashda bolalarning bilim va ko’nikmalariga, ularning tayyorgarligiga e’tibor berish lozim.
Maxsus atamalarni to’g’ri qo’llay bilish katta ahamiyatga ega. Masalan, son va raqam tushunchalarini aralashtirib yubormaslik kerak. (Qaysi son katta, qaysinisi kichik deb so’raladi, qaysi raqam katta deyish mumkin emas).
Mashg’ulotda hamma bolalarning faol ishtirok etishlariga erishish maqsadida har bir bolaning oldida tarqatma materiallar bo’lishi tavsiya etiladi. Agar o’rtog’ining javobi to’g’ri bo’lsa qizil kartochka, o’rtog’ining javobi uni qoniqtirmasa, ko’k kartochka ko’tarilishi lozim.
Bunda hamma bolalar o’rtoqlarining javoblarini diqqat bilan eshitishga harakat qiladilar, intizom buzilmaydi, shu bilan birga, bolalarning test sinovlariga tayyorgarliklari ham hisobga olinishi lozim.
1.3. Matematik tasavvurlarni shakillantirish mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablar.
Matematikadan mashg’ulotlar haftaning ma’lum bir kunida o’tkazilishi kerak.
2.2. Kichik guruhda son-sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish. Tarbiyachi mashg’ulotga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab o’rganadi. Matematik bilimlar bolalarga qat’iy aniqlangan sistema va izchillikda beriladi, bunda yangi materiallar bolalar o’zlashtira oladigan bo’lishi kerak. Har bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga bo’linadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket o’rganiladi. Masalan, tayyorlov gurux bolalarini buyumlarni bo’laklarga bo’lish bilan tanishtirish bunday ketma-ketlikda amalgam oshiriladi: bolalar birinchi mashg’ulotda buyumlarni ikkita teng qismga bo’lishni mashq qiladilar va yarim nima ekanligini o’zlashtiradilar; ikkinchi mashg’ulotda bolalarning teng ikkiga bo’linadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug’ati aktivlashtiriladi; tarbiyachi uchinchi mashg’ulotda bolalarga buyumlarni teng to’rt qismga bo’lish usullarini tanishtiradi, shuningdek butunni qismga munosabatini ko’rsatadi; keyinroq bolalarga geometrik figuralarni ikki va to’rt qismga bo’lishning har xil usullarini ko’rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi munosabatlarni o’rnashtirad Shunday qilib, dasturning har bir bo’limi ketma-ket o’tkaziladigan bir necha mashg’ulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari mashg’ulotdan mashg’ulotga kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi.