Mashg’ulot shakli: Munozarali ma’ruza
Mashg’ulot rejasi:
1. Bioekosan» jamg'armalari faoliyati
2. «Ekosan» jamg'armalari faoliyati
3. «Qizil kitob» haqida tushuncha
Mashg’ulotning maqsadi: Bioekosan»,«Ekosan» jamg'armalari faoliyati xaqida, «Qizil
kitob» haqidatalabalarga ma’lumot berish.
Ma’ruza mazmuni:
1. ”Bioekosan” jamg'armalari faoliyati
«Bioekosan» O'zbekiston Xalg' ta'limi vazirligining qaysi buyrug'iga asosan nechinchi yil, qaysi
oyda ekologiya va tabiatshunoslik markazining qoshida tashkil etilgan.
«Bioekosan» O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligining 178son buyrug'iga asosan 1995 yil
28avgustda ekologiya va tabiatshunoslik markazining qoshida tashkil etilgan. Uning maqsadi
respublika miqyosida ekologik ta'lim va tarbiya bo'yicha dasturlar, metodik qo'llanmalar,
tavsiyalar yaratishdan va o'quvchi yoshlar hamda kattalar uchun turli xil mavzularda anjumanlar
tashkil etish va o'tkazishdan iborat.
Oliy ta'lim respublika tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi birlashgan kengashida
tasdiqlagan, uzluksiz ekologik ta'lim konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Ekologiyadan davlat ta'limi standarti yaratildi. Ekologiyadan dasturlar to'plami bir qancha
metodik qo'llanmalar tayyorlandi, shuningdek, ekologiyadan test savollari ishlab chiqildi.
1993, 1997 yillarda respublikada uzluksiz ekologik ta'lim muammolari va ularning
yechishga bag'ishlangan anjumanlar o'tkazildi.
1993 yildan boshlab «Tabiat kecha, bugun va ertaga» degan shior ostida o'quvchilar
anjumani o'tkazib kelinmoqda.
Dostları ilə paylaş: |