Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Amaliy metod va uning turlari (3.1 –shakl)



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/112
tarix31.12.2021
ölçüsü1,05 Mb.
#113244
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

3. Amaliy metod va uning turlari (3.1 –shakl) 


O'yin.  Tabiatning  oddiy  hodisa  va  tasawurlarini  kengaytirish  maqsadida  o'tkaziladigan 

kuzatishlar  bilan  bir  qatorda  xilmaxil  o'yinlardan  keng  foydalaniladi.  Bu  o'yinlarda  bolalar 

sezuvchanlik  tajribasini  orttiradilar,  egallagan  bilimlarini  ijodiy  o'zlashtiradilar.  Bolalarni  tabiat 

bilan tanishtirishda didaktik, harakatli va ijodiy o'yinlardan foydalaniladi. 



Didaktik  o'yinlar.  Didaktik  o'yinlarda  bolalar  o'zlarida  tabiat  dagi  narsa  va  hodisalar, 

hayvonlar  va  o'simliklar  haqida  mavjud  bo'lgan  bilimlarni  aniqlaydilar,  mustahkamlaydilar, 

kengaytiradilar. Ko'pgina o'yinlar bolalarni umumlashtirish hamda turkumlashga o'rgatadi. 

Didaktik  o'yinlar  xotira,  diqqat,  kuzatuvchanlikning  o'sishiga  yordam  beradi,  yangi 

sharoitlarda  bolalarni  mavjud  bilimlaridan  foydalanishga  o'rgatadi,  turli  aqliy  jarayonlarni 

faollashtiradi,  lug'atni  boyitadi,  bolalarda  birgalikda  o'ynash  ko'nikmasini  tarbiyalashga  yordam 

beradi.  Bolalarni  tabiat  bilan  tanishtirishda  predmetli,  stolbosma  va  og'zaki  didaktik  o'yinlardan 

foydalaniladi. 




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin