Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/112
tarix31.12.2021
ölçüsü1,05 Mb.
#113244
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   112
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

4. Tabiatda bolalar mehnati 

Bolalarning  tabiatdagi  mehnati  katta  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega.  Mehnat  qilish  jarayonida 

bolalarda  tabiatga  bo'lgan  munosabatlan  shakllanadi.  Tabiatdagi  mehnat  bolalarda  berilgan 

topshiriqqaj  mas'uliyat  bilan  yondoshishni  tarbiyalaydi.  Biroq  buning  uchun]  bolalar  zarur 

mehnat malakalarini egallab olgan bo'lishlari, o'z] mehnatlarining ahamiyatini tushunishlari lozim. 

Tabiatdagi  mehnati  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  sensor  tarbiyasi  uchun  qulayj  sharoitlar 

yaratadi.  Tarbiyachi  bolalarni  mehnat  orqali  maqsad  vaj  natijalarga  erishish,  narsalarni  sensor 

belgilarini  nazarda  tutishga  o'rgatadi.  Masalan,  o'simlikning  suvga  muhtojligini  aniqlash  uchun| 

uning holatini — barg va poyasining elastikligi, pishiqligi yoki uning so'lg'inligi, yumshoqligini, 

tuproqda esa — uning namligi, zichligi va shu kabi belgilarni hisobga olish lozim. 

Mehnat jarayonida bolalar o'simliklar holatining yorug'likka, | namlikka, issiqlikka, yaxshi 

tuproqqa  bo'lgan  ehtiyojlarini  qonJ  dirilishiga  bogiiq  ekanligini  anglab  oladilar.  Bolalar 

muhitninj  o'zgarishi,  qonuniy  tarzda  o'simliklar  holatini  ham  o'zgartirishinl  bilib  oladilar.  Bu 

munosabatlarni  o'zlashtirishlari  ularning  mehl  natga  bo'lgan  munosabatiga  ham  ta'sir  etadi  — 

mehnat  ongli  va  niaqsadga  yo'naltirilgan  bo'lib  boradi.  Bolalarda  mehnatga  qiziqish, 

mehnatsevarlik shakllanadi. 

Tabiatdagi mehnat — kuzatuvchanlikni o'stirish usullaridan biridir. Agar kuzatish mehnat 

bilan bog'langan bo'lsa, samaraliroq bo'ladi. 




Tabiatdagi  mehnat  jarayonida  tarbiyaviy  vazifalardan  tashqari  ta'limiy  vazifalar  ham  hal 

qilinadi.  Bolalar  mehnat  orqali,  o'simliklarning  xususiyatlari  va  sifatlari,  ularning  tuzilishi, 

ehtiyojlari, rivojlanishining asosiy bosqichlari, o'stirish usullari,  o'simliklar hayotidagi mavsumiy 

o'zgarishlar  haqida,  hayvonlar,  ularning  tashqi  ko'rinishi,  ehtiyojlari,  harakat  qilishlari,  hayot 

tarzlari  va  ularning  mavsumiy  o'zgarishlari  haqida  tasavvurga  ega  bo'ladilar.  Shu  jumladan, 

hayvonlarni  tabiat  burchagida  parvarish  qilishni  o'rganadilar  va  shu  orqali  mehnat  malakalarini 

egallaydilar. 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin