Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


 Qushlar va hasharotlar hayotidagi o'zgarishlar



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/112
tarix31.12.2021
ölçüsü1,05 Mb.
#113244
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   112
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

1.3. Qushlar va hasharotlar hayotidagi o'zgarishlar.  

Sentabroktabr oylarida o'lkamizga go'ngqarg'alar uchib kelishadi. 

Biz  ularni  bolalar  bog'chasi  bog'larida  ham  ko'ramiz.  Ular  bizga  tog'lardan  tushib  uchib 

kelishadi (bu qushlar bahor va yoz fasllarida tog'larda yashaydilar). Go'ngqarg'alar kunduz kunlari 

dalalarga  uchib  ketishadi  va  hosili  yig'ib  olingan  ekin  maydonlaridan  don  va  turli  begona 

o'tlarning urug'larini terib yeydilar. Qarg'a turli qoldiqlarni yeydi. Toshkentning chekka joylanda 

sentabr oyining ikkinchi yarmida qizilto'shlar (o'rmon sayroqi qushi) paydo bo'ladi. Ba'zan ular 

Toshkent  bog'larida  aprel  oyining  oxirigacha  bo'lishadi.  Odatda  ular  to'dato'da  bo'lishib 

O'zbekistonning  havzalarida  ko'chib  yuradi.  Sentabr  oyida  qorayaloqlar,  chittaklar 

mamlakatlarga  uchib  ketayotgan  tilla  rangli  qushlarni  ko'rish  mumkin.  Tog'  o'rmonlaridan 

vodiylarga tushib kelgan zag'chalarning (3 rasm,  b)  katta to'dasini ham  ko'rish mumkin  bo'ladi. 

Zarg'aldoq, qaldirg'och, bulbul (3rasm d, e), chivinxo'r qushlar, moyqutlar, jiblajibon, ko'kqarg'a 

va boshqa shu kabi qushlar janubdan issiq mamlakatlarga uchib ketadilar Qushlar uchib ketishga 

odatlanib qolganliklari, shuningdek, hasharotlarning (kapalak, ninachi, qo'ng'izlarning) sekinasta 

yo'qola borishi tufayli uchib ketishadi. Chunki bu hasharotlar ana shu qushlar uchun ozuqa bo'lib 

xizmat qiladi. 

Sentabr  oyida  laylaklar,  g'ozlar,  o'rdaklar  va  turnalar  o'z  inlariga  yig'iladilar  va  uchib 

ketishga tayyorlanadilar. 

Tovuqlar tullay boshlaydi. Ularning deyarli barcha patlari  to'kilib, yangidan chiqadi. Shu 

bilan birga, ular qishki sovuqlarga tayyorlana boshlaydilar. Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarda 

ham qish sharoitiga monand keladigan tuklar o'sa boshlaydi. 

Sentabr  oyida  asalarilar  ham  qishga  tayyorlana  boshlaydilar.  Ular  o'zlarining  asal 

zahiralarini  uyalarining  bir  tomoniga  olib  o'tadilar,  o'z  uyalarini  isitadilar,  keraksiz  teshik  va 

yoriqlarni bekitadilar, o'z uyalaridan o'rgimchaklarni haydab chiqaradilar, chunki  o'rgimchaklar 

qish  vaqtida  asarlarilar  uchun  ortiqcha  yuk  bo'lib,  asal  zahiralarini  yeb  qo'yishlari  mumkin. 

O'rgimchaklarning  asalalariniki  kabi  nishlari  va  jag'lari  bo'lmaydi,  shuning  uchun  ular  o'zlarini 

himoya qila olmaydilar, uyalarni tashlab chiqib ketib ochlikdan o'lib qoladilar. Asalarilar boshqa 

hasharotlar singari uzoq uxlamaydilar. Dastlabki sovuqlar tushishi bilanoq turnalar va g'ozlar janub 

tomonga  galagala  bo'lib  uchib  ketishadi.  Qushlar  to'dasining  tuzilishi  —  uchib  ketuvchi  qush 

laming  xarakterli  belgilaridandir.  Turnalar  odatda  o'tkir  burchak  hosil  qilib,  g'ozlar  esa  uzun 

qiyshiq qator, ba'zida esa burchak hosil qilib uchadilar. Yovvoyi qushlar va kakkulargina (4 rasm) 

alohidaalohida uchib ketadilar. Qushlarning uchib ketishini bolalarni sayrga olib chiqqanda yo'li 

bilan kuzatish mumkin. Oktabr oyining oxirlarida shaharlar va vodiylarda sa'valar paydo bo'ladi 




va ular mart oyining oxirlarigacha shu yerlarda qoladi. Ular qariqiz, otquloq urug'larini yeb kun 

kechiradilar. Sa'valar o'zlarining chiroyli patlari va ajoyib ovozlari bilan bolalarni o'zlariga jalb 

qiladilar.  Bolalar  sa'valarni  tabiat  burchaklarida  parvarish  qilishni  o'rganadilar:  toza  suv,  so'k, 

arpa,  pista  donlarini  maydalab  beradilar.  Shuningdek,  kuz  faslida  zarang  va  shumtol 

daraxtlarining urug'laridan tayyorlangan ozuqalarni beradilar. Sa'valar qirilgan sabzini va bolalar 

qo'li  bilan  tabiat  burchagida  o'stirilgan  ko'k  sulini  zo'r  ishtaha  bilan  yeydilar.  Kechalari 

dalalardan shaharlarga go'ngqarg'a, zag'cha (5rasm) va qarg'alar to'dato'da bo'lib uchib keladi. 

Haroratning  pasayishi  bilan  hasharotlar  ham  astasekin  yo'qola  boradi.  Ularning  ba'zilari 

o'ladi,  boshqalari  esa  (sassiq  qo'ng'iz)  daraxtlarning,  (chivinlar,  pashshalar)  imoratlarning 

kavaklariga  kirib  yashirinadilar.  Ko'pgina  chivinlar  xazon  boigan  barglar  ostiga  yashirinadilar. 

Ba'zi hasharotlar qish uchun tuxumlarini saqlab qo'yadilar (o'simlik biti, kapalak), boshqalar esa 

lichinka  holatida  yerda  qishlaydilar  (tillaqo'ng'izlar).  Bolalar  ochiq  havoga  dam  olgani 

chiqqanlarida to'kilgan barglar tagida yotgan hasharotlarni topib oladilar. 

Oltin  kuz  davomida  uchib  yurayotgan  o'rgimchak  uyasi  ko'zga  tashlanadi.  Uning 

kumushsimon  uzun  to'qimasida  kichkina  o'rgimchak  uyachalari,  shuningdek,  ko'chmanchi 

qo'ng'izlar bo'ladi. 

Noyabr  oyida  shaharda  ko'plab  go'ngqarg'alar,  olaqarg'alar,  zag'chalar  uchib  yuradi. 

Shaharga  dala  chumchuqlari  uchib  keladilar.  Ular  don  izlab  to'dato'da  bo'lib  uchib  yuradilar. 

Shuningdek,  shaharga  tog'lardan  oqbosh  sa'valar,  shahar  chetlaridan  esa  so'fito'rg'aylar  uchib 

keladilar. 

Bog'larda ko'pgina qorayaloqlar va chittaklar paydo bo'ladi. Ular, asosan, togiardan uchib 

keladi. Ko'k chumchuqlarning o'tkir ovozlari ham eshitilib turadi. 




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin