Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/112
tarix31.12.2021
ölçüsü1,05 Mb.
#113244
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   112
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

1.4.Hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar.  

Kuz faslida qurbaqalarning vaqirlashi kamroq eshitila boradi. Bunga bolalar e'tiborini jalb 

qilish lozim. 

Yosh  tipratikanlar  mustaqil  hayot  kechira  boshlaydilar.  Bolalar  tabiat  burchagida  ularni 

boqadilar va parvarish qiladilar. 

Shu paytlarda tog' etaklari va cho'lli rayonlarda qum quyonlarini teztez uchratish mumkin. 

Kichikroq  ko'rinishdagi,  unchalik  katta  bo'lmagan  bu  quyonlar  o'ziga  xos  rangga  egadir.  Ular 

sariq kurakli va oq rangli bo'ladi. Uning dumi uzun, dumining uchida popukchasi bo'lib, boshi esa 

cho'zinchoq  bo'ladi.  Qum  quyoni  qumlar  orasida,  saksovul  o'rmonlarida  va  daryolarning 

qirg'oqlaridagi to'qaylarda yashaydi. 

Kuz  faslida,  o'tlar  quriganda  shahar  atrofidagi  rayonlarda  quyonlar  yosh  daraxtlarning 

qobiqlarini,  cho'lli  rayonlarda  esa  cherkes  kandim,  yulg'un  va  shu  kabi  yowoyi  o'simliklarning 

qobiqlarini kemirib tashlaydilar. 

Sudraluvchi  hayvonlar  (kaltakesaklar,  ilonlar,  toshbaqalar)  dong  qotib  uxlash  davriga 

kiradilar.  Sovuq  tushishi  bilan  qurbaqalar  hovuz  tagidan  balchiqlar  ichiga  kirib  ketadilar,  cho'l 

qurbaqalari esa uy atrofidagi kavaklarga kirib, uyquga ketadilar. 

Tipratikanlar  sovuq  tushguncha  o'zlarining  qishgi  joylariga  ketishadi.  Ular  qishda  to'rt 

oydan  ortiq  uxlaydilar.  Bu  vaqt  ichida  qimirlamaydilar  va  hech  qanday  ovqat  ham  yemaydilar. 

Ular ana shu uyqu jarayonida o'zlarining gavda og'irliklarining uchdan bir qismini yo'qotadilar. 

Ba'zi  vaqtlarda  bolalar  bog'chalarida  tipratikanni  qish  vaqtida  ham  olib  qoladilar.  Ularni 

qutilarga solib, bahorgacha salqin verda saqlaydilar. Bolalar tipratikanning uyg'onishini alohida 

qiziqish bilan kuzatadilar. 

Ko'rshapalaklar  sovuq  tushishi  bilan  tashlandiq  uylarning  shiplariga  kelib,  osilib  olgan 

holda yashaydilar. Ular yoz mobaynida to'plagan ozuqa zahiralarini qishda juda kam sarflaydilar. 

Agar ko'rshapalak qishda, issiqroq joylarda yashasa, teztez uyg'onib turadi. 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin