2.4.Hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar. Dekabr oyida ko'pgina yowoyi hayvonlar
qishlash uchun o'z uyalariga kirib oladilar. Toshkent viloyatining shahardan chetdagi ba'zi bir
tumanlaridagina shu vaqtda oziqovqat qidirib o'z uyalaridan chiqqan hayvonlarni (qaragan
tulki, qo'shoyoqlarni) uchratish mumkin. Dekabr oyida oziqovqat topish maqsadida tog'lardan
sahro bo'rilari tushib keladilar va ko'pgina mollarga hujum qiladilar, itlarni g'ajib, ba'zi
vaqtlarda qishloq chetidagi poliz, hovlilarga kirishga urinadilar. Sahro bo'rilari unchalik katta
boimay, juni kalta, dag'al tusda bo'ladi. Uning rangi atrof muhitga qarab o'zgarib turishi
mumkin.
Yanvar, fevral oylarida tabiat burchagi sharoitida ba'zan toshbaqalar uyg'ona
boshlaydilar. Shu vaqt ularga ovqat berish zarur. Bolalar esa toshbaqalarni zo'r qiziqish bilan
boqadilar. Toshbaqa karam barglarini, qirilgan sabzi, ko'k suli, sutda ivitilgan non, grechiha va suli
bo'tqalarini zo'r ishtaha bilan yeydi.
Qish faslida Sirdaryo vohasidagi cho'llarda uchraydigan mahalliy karagan tulkilar
junining tusi o'zgaradi. Odatda uning juni och kul rang bo'lib, sahro va cho'llardagi loylarning
tusiga mos keladi. Qish faslida esa uning beli, bo'yni va yelkasi zang tusini beruvchi och sariq
tusga kiradi. Dumining uchi va qorni oqaradi. Karagan tulki, asosan, cho'ldagi yumronqoziq va
qumsichqonlar singari kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Ba’zan tovuqlarga ham hujum qilib
qoladi. U qishloq xo'jaligi zararkunandalari bo'lgan kemiruvchilarni yeb tugatishi va yaxshi
mo'yna berishi bilan bizga foyda keltiradi.
Fevral oyida yovvoyi hayvonlar hamda uy hayvonlarida bahorgi tullash boshlanadi.
Tulkilar, qo'shoyoqlar, bo'rilar, quyonlar, qumsichqonlar va boshqa hayvonlar po'st tashlaydilar.
Ularning yungi tushib, terilari ko'rimsiz bo'lib qoladi. Uy parrandalari, ayniqsa tovuqlarda katta
jonlanish boshlanib, ular tuxum qilishga kirishadilar.
|