1.1.Obhavodagi o'zgarishlar. Mart oyida qattiq yog'ingarchilik bo'ladi. Harorat +25+29
darajagacha ko'tariladi. Lekin sovuqiar ham bo'lib turadi.
Martning oxirlarida ba'zan momaqaldiroq bo'ladi.
Aprel oyida harorat ko'tariladi. Oyning boshida kunning o'rtacha harorati +12+13, ba'zan
+18+19 darajaga ko'tariladi. 1955 yili kunduzgi harorat hatto +35 darajaga ham yetgan edi. Aprel
oyining ikkinchi yarmi haroratning ko'tarilishi, ayrim hollarda esa haroratning birmuncha
pasayishi bilan xarakterlanadi.
Aprel oyida yog'ingarchilik ko'p bo'ladi. Ba'zi yillarda sovuq tushib qolishi hollari ham
bo'ladi, ayrim hollarda qor ham yog'adi. Bahorda yoqqan kattakatta qorni xalqimiz «laylak qor»
deydi, chunki shu qor bilan laylak ham keladi.
May oyida esa issiq kunlar boshlanadi, kunlik o'rtacha harorat + 10+25 daraja atrofida
bo'ladi.
Biroq, oyning boshlarida obhavo beqaror bo'lib, teztez o'zgarib turadi. Ba'zan g'o'za va
boshqa o'simliklarga zarar keltiruvchi do'l yog'adi, momaqaldiroq bo'lib turadi.
Dostları ilə paylaş: |