Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Qushlar  va  hasharotlar  hayotidagi  o'zgarishlar



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/112
tarix31.12.2021
ölçüsü1,05 Mb.
#113244
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   112
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

2.3.Qushlar  va  hasharotlar  hayotidagi  o'zgarishlar.  Qushlarning  ovozi  jaranglaydi. 

Ayniqsa, bulbul ko'p sayraydi. 




Sayroqi  qushlarning  tuxumlaridan  madorsiz  jish  bolalar  —  qushchalar  chiqadilar.  Ularni 

onalari  boqadilar.  Bu  paytda  uyasidan  tushib  ketgan  qaldirg'och  va  chumchuq  bolalarini  teztez 

ko'rish  mumkin.  Ularni  uyalariga  solib  qo'yish  kerak.  Qush  bolalarini  tabiat  burchaklariga  olib 

kelib bo'lmaydi. Ular juda serovqat bo'ladilar. 

Qo'ng'izlar,  pashshalar,  asalarilar  teztez  guldangulga  qo'nib  turadilar.  Ular  gullardan 

nektar va chang yig'adilar. 

Kapalaklar ham gullarga qo'nadilar. Barglarning quyi qismlarida hasharotlarning ignalari izini 

ko'rish mumkin, ular barglarning sharbatidan so'rib oladilar. 

Salqin  tunlarda  gullarda  mayda  hasharotlarni  uchratish  mumkin.  Ular  tunda  gullar  ichida 

isinadilar.  Ba'zi  vaqtda  esa,  gullar  ichiga  tuxum  qo'yadilar.  Jumladan,  chinnigullarning 

gulkosalarida tungi kapalaklarning tuxumlari topilgan. 

Suzg'ich  ona  qo'ng'iz  ham  o'simliklarga  tuxum  qo'yadi.  U  ikki oy  mobaynida mingtacha 

tuxum  qo'yadi.  Keyinchalik  tuxumdan  lichinkalar  chiqadi.  Suzg'ich  qo'ng'izning  lichinkalari 

ikkiuch oy yashaydi, ana shu davr mobaynida ikki marta tullaydi. Yozning o'rtalarida lichinkalar 

qo'g'irchoqlarga  aylanadi.  Suzuvchi  qo'ng'izlarning  barcha  qo'ng'izlardagi  singari  qo'g'irchog'i 

bo'ladi. Lekin qo'ng'iz lichinkasi suvdan chiqib, quruqlikda qo'g'irchoqqa aylanadi. 

Ana  shu  vaqtda  suv  qo'ng'iz  oqayotgan  suvdagi  barglarga  tuxum  qo'yadi.U  o'rgimchak 

iplariga  o'ralgan  holda  hammasi  bo'lib  50—60  ta  tuxum  qo'yadi.  Oradan  ikkiuch  hafta  o'tgach, 

tuxumlardan  lichinkalar  yorib  chiqadilar.  Suvsevar  qo'ng'izning  lichinkasi  semiz  va  beo'xshov 

bo'ladi.  U  yomon  suzadi.  Oradan  ikki  oy  o'tgach,  qirg'oqqa  sudralib  chiqadi,  o'ziga  «beshik» 

yasaydi,  ikki  haftadan  keyin  esa,  qo'ng'izga  aylanadi.  U  quvvatga  kirib  olgach,  «beshigi»ni 

qoldirib ketadi va suvda suza boshlaydi. 

Suv  qo'ng'izini  bahorda  yoki  yoz  oxirida  tutib  olish  va  tabiat  burchagida  tekshiruv  olib 

borish mumkin. Ular o't bosib ketgan hovuzlarda juda ko'p bo'ladi. 

Iyul  oyida  qushlar  tullay  boshlaydi.  Ayniqsa,  g'ozlar  va  o'rdaklarda  tullash  qizg'in  tus 

oladi.  Ularning  barcha  yo'g'on  qanotidagi  katta  patlarto'kilib,  uchish  qobiliyatini  yo'qotadi.  Iyul 

oyining  oxirlarida  qushlarning  sayrashlari  kamaya  boshlaydi.  Qush  bolalari  esa  mustaqil  hayot 

kechira boshlaydi. 

Bu  vaqtda  ko'pgina  kapalak  va  chigirtkalar  paydo  bo'ladi.  Chigirtkalar  himoya  ranglari 

(ko'k  ranglari)  bilan  deyarli  ko'zga  tashlanmaydilar.  Ularni  ko'pincha  ko'k  o't,  shoxshabba  va 

daraxtlarning ustida ko'rish mumkin. Ular orqa oyoqlarining yordami bilan kattakatta sakrashlari, 

shuningdek,  o'zlarining  pirillashlari  bilan  bolalarning  diqqatini  jalb  etadilar.  Ularning  ikki  juft 

qanoti va uzun mo'ylovi bo'ladi. 

Toshkentda kechki paytlarda uylarning devorlarida kaltakesaklarni uchratish mumkin. Ular 

qushlarning  sayrashlari  kabi  chirillab,  o'z  yoniga  kapalak,  chivin  va  mayda  chivinlarning  uchib 

kelishlarini poylab  yotadilar. Avgust  oyida, ko'kqarg'a, jarqaldirg'och, ko'rkunaklar singari ba'zi 

bir qushlar uchib keta boshlaydi. Laylaklar Toshkentdan sentyabr oyida, Butun O'rta Osiyodan esa 

oktyabr oylarida uchib ketadilar. 

Avgust oyida hali kapalak, ninachi va qo'ng'izlar bo'ladi. 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin