Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/112
tarix31.12.2021
ölçüsü1,05 Mb.
#113244
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

Ijodiy o'yinlar. O'yinda bolalar mashg'ulot, ekskursiya, kundalik hayot jarayonida olingan 

taassurotlarni  aks  ettiradilar  (parrandachilik  fabrikasi,  issiqxona  va  shu  kabilardagi  ishlar),  ular 

haqidagi bilimlarni egallaydilar, bunda ularda mehnatga ijodiy  munosabat  shakllanib,  kattalarning 

tabiatdagi mehnatlarining ahamiyatini anglab oladilar. 

Ijodiy  o'yinlarning  mustaqillik  xarakteri  tarbiyachiga  bolalarni  yangi  bilim,  malaka  va 

ko'nikmalardan o'rgatish metodi sifatida foydalanish imkonini bermaydi. Biroq bunda tarbiyachi 

bolalar qaysi bilimlarni yetarlicha egallaganlaru, qaysilarini yana kengaytirish lozimligini bilib olish 

uchun  ijodiy  o'yinlarni  diqqat  bilan  kuzatib  borishi  lozim.  Tarbiyachi  tabiatshunoslik 

mazmunidagi  ijodiy  syujetli,  rolli  o'yinlarni  boyitib,  ekskursiyalar,  sayrlar 

v

aqtida  bolalarni 



kattalarning  mehnati  haqidagi  bilimlarini  kengaytiradi,  diafilmlar  ko'rsatadi,  kitoblar  o'qib 

beradi. 


O'yinni  rivojlantirishda  qishloq  mehnatkashlari  —  sut  sog'uv

c

hi,  bog'bonlar  haqidagi 



hikoyalar  bolalarga  alohida  ta'sir  ko'rsatadi,  shu  bilan  birga  ularda  kattalar  mehnatiga  nisbatan 

Qiziqish  uyg'otib  o'yin  mazmunini  boyitadi.  Tabiatshunoslik  mazmunidagi  ijodiy  o'yinlarni  avj 

oldirish uchun sharoit yaratish ya'ni zarur o'yinchoqlar — qishloq xo'jalik mashinalari, hayvonlar 

va shu kabilar bilan ta'minlash darkor. 

Ijodiy o'yin turlaridan biri tabiiy materiallar — qum, qor, loy, mayda toshchalar, sola va 

shu kabilar bilan o'ynaladigan o'yinlardir. Materiallar yordamida bolalar ijod qilar ekan,| ularning 

xususiyatlari va sifatlarini bilib oladilar. Har bir yoshj guruhda yilning fasliga mos tabiiy material 

bilan  o'ynash  uchun|  sharoit  yaratiladi.  Bular  qum  maydonchalari  hamda  qum,  stollari,  qum  va 

qor  bilan  o'ynash  uchun  shakl  to'plamlari,|  odamlar  va  hayvonlarning  rezinkadan  yasalgan 

figuralari.  uy, daraxtlarning fanerdan  yasalgan siluetlari,  butalar, shoxchalarJ chakamug, metall 

karkaslar  bo'lib,  bular  yordamida  figuralarj  yasaladi.  Tarbiyachi  bolalarga  o'yin  uchun  tabiiy 

materiallarni)  tanlashda  va  ulardan  foydalanishda  yordam  beradi  hamda|  foydalanish  usullarini 

ko'rsatadi. 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin