Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Tabiat  bilan  tanishtirishda  bolalar  mehnatini  tashkil  etish



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/112
tarix31.12.2021
ölçüsü1,05 Mb.
#113244
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   112
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

Tabiat  bilan  tanishtirishda  bolalar  mehnatini  tashkil  etish.  Bolalarni  tabiatdagi  mehnati 

individual topshiriq shaklida va kollektiv mehnat tarzida tashkil etiladi. 

Individual  topshiriq  bolalar  bog'chasidagi  barcha  yosh  guruhlarda  qo'llaniladi.  Bular 

tarbiyachiga  bolaning  xattiharakatini  puxtaroq  boshqarish:  yordam  ko'rsatish,  qo'shimcha 

tushuntirish, maslahat berish, topshiriqning bajarilishini nazorat qilish, bolaning faoliyatini boshqarish 

imkonini  beradi.  Bularning  barchasi  malaka  hamda  ko'nikmalarning  aniq  va  mustahkam 

shakllanishiga,  shuningdek,  topshirilgan  ish  uchun  mas'uliyat  his  etish,  g'ayrat  bilan  mehnat 

qilish odatining tarbiyalanishiga yordam beradi. 

Kollektiv  mehnat  bir vaqtning o'zida  guruhning  barcha bolalarida mehnat  malakalari va 

ko'nikmalarini 

tarbiyalashga 

imkon 

yaratadi. 



Mehnatning 

bu 


shakli 

kollektivdagi 

munosabatlarning  tarkib  topishi  uchun  zarurdir.  Bunda  mehnatning  umumiy  maqsadini 

tushunish,  kelishib  olish,  o'z  harakatlarini  muvofiqlashtirish,  ishni  hamkorlikda  rejalashtirish, 

o'rtoqlarga yordam berish, ularning mehnatini baholash kabi muhim ko'niknialar shakllanadi. 

Bolalar  mehnatini  tashkil  etish  shakllaridan  biri  navbatchilikdir.  Tabiat  burchagida 

navbatchilik qilishni bolalar katta guruhda boshlaydilar. Mehnatning bu shakli mehnat malakalarini 

takomillashtirish, uning ijtimoiy sabablarini shakllantirish imkonini yaratadi.  




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin