Bolalar mehnatiga rahbarlik qilish. Kichik guruhlar. Bunda bolalar tarbiyachining tabiat
burchagi va hovlidagi hayvonlar hamda o'simliklarni parvarish qilishga yo'llangan mehnatida
ishtirok etadilar. Ular 1—2 ta individual topshiriqlar oladilar (qushlar uchun tayyor ozuqani olish
va donxo'rakka solish, o'simliklarni oldindan hozirlab qo'yilgan suv bilan sug'orish val shu
kabilar). Bu qisqa muddatli mehnatga tarbiyachi astasekin barcha bolalarni jalb qiladi.
O'rta guruh. Besh yoshli bolalarni mehnat jarayonida uyushtirishning shakllari kichik
guruhdagi bilan bir xildir. Bunda individual topshiriqlar katta o'rin egallasa ham biroq ular uzoq
muddatli xarakterni kasb etadi. Bolalar ayni bir topshiriqning o'zini 2—3 kun davomida
bajaradilar. Natijada o'rta guruhda mehnat jarayoni murakkablashib boradi.
Dostları ilə paylaş: |