Katta guruhlar. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda faqat mehnatni tushunish
ko'nikmasigina emas, balki mehnat topshirig'ini, uning natijasini ko'rsatishni, topshiriqlarning
ketmaketligini, kerakli anjomlarni tanlashni, mustaqil mehnat qila bilishni (tarbiyachining bir oz
yordamida) ham tarkib toptirish lozim. O'simliklar va hayvonlarni parvarish qilish bo'yicha
individial topshiriqlar uzoq muddatli ishga aylanadi.
Katta guruhdagi bolalarda tabiat burchagida navbatchilik qilish joriy qilinadi.
Navbatchilikni tashkil etar ekan, tarbiyachi mashg'ulot o'tkazib, unda bolalarni navbatchilikning
majburiyatlari bilan tanishtiradi, tabiat burchagida yashovchi jonivorlarni parvarish qilish
usullarini eslatadi, yangilari bilan tanishtiradi. Bir vaqtda 2—3 bola navbatchilik qiladi.
Navbatchilikka yaxshi ishlaydigan bolalar bilan birga malakalari yetarlicha shakllanmagan
bolalar tanlanadi. Navbatchilik bolalarda javobgarlik hissini, ishbilarmonlikni tarbiyalaydi.
Dostları ilə paylaş: |