Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


O'simliklar  hayotidagi  o'zgarishlar



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/112
tarix31.12.2021
ölçüsü1,05 Mb.
#113244
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

2.2.O'simliklar  hayotidagi  o'zgarishlar.  Bog'larda  o'rik,  olcha,  erta  pishar  olma  va  noklar 

pishib yetiladi. 3—4 yil ilgari o'tqazilgan mevali daraxtlar: shaftoli, olcha hosil bera boshlaydi, olma 

daraxti esa 4—7 yildan keyin hosil bera boshlaydi. 

Ko'pgina  mevali  daraxtlar  yil  sayin  emas,  balki  yil  ora  hosil  beradi.  Bu  hosil  berishning 

davriyligi deb ataladi. 

Iyun  oyida  gladiolus,  ajdarog'iz,  chinnigul,  kartoshkagul,  karma,  xushbo'y  tamaki, 

delfiniullar,  siniya  (qizil  gulli  dekorativ  o'simlik),  moychechak,  floks,  petuniy,  tizimgul, 

semizo'tlar va boshqa bog' gullari gullay boshlaydi, chirmashuvchi gullar, chirmovuqlar to'q qizil 

rangda gullaydi. 

Iyunning uchinchi o'n kunligida g'o'za gullay boshlaydi. 

Iyul oyida, bog'larda olma, shaftoli, olcha, nok pishib yetiladi. Bolizlarda pomidor, baqlajon, 

bulg'or qalampiri singari sabzavotlar pishadi. 

Qovun, tarvuz kabi poliz ekinlari ham yetiladi. Gulzorlarda qo'qongul, tizimgul, nastursiya, 

za'fargul, kartoshkagul va boshqa gullar ochiladi. 

G'o'zalar yoppasiga gullaydi va ko'sak tuga boshlaydi. Makkajo'xorilar dumbul bo'ladi. 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin