Bolalarning ijtimoiy moslashuvi O‘tgan mavzu bo‘yicha bilimlarni tekshiramiz!!! 1.O‘zbek ma’rifatparvarlarining ijtimoiy-pedagogik qarashlari nimalardan iborat?
2.O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi.
3.O‘zbekistonda ommaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tashkil etilishi qaysi me’zonlarga asoslangan?
Enter text
5-MAVZU: TARBIYA - IJTIMOIY HODISA. Reja. 1.Tarbiya va ijtimoiy tarbiya.
2.Tarbiya ijtimoiylashuv sifatida.
3.Ijtimoiy ta’lim-tarbiya va ijtimoiy tarbiya.
Tayanch so’zlar: ijtimoiy pedagogika, sotsializatsiya (ijtimoiylashuv), sotsium, ijtimoiy rol, ijtimoiy maqom.
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy,axloqiy, manaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.
1. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig'indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g'oyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.
Tor maʼnoda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviy-axloqiy qiyofasi, estetik didining oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila, tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning bilimi koʻpayibgina qolmay, balki aqxloqiy-maʼnaviy sifatlarning qaror topishi ham tezlashadi.
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intizomlar tizimiga ega boʻlishi lozim.
Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izoxlab kelingan. Shoʻro zamonida hukmron kommunistik mafkura tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega boʻladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-biriga qarama-qarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq pedagogikasi tajribasi tarbiyaning sinfiy koʻrinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiqi tufayli tarbiyada ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli xisobga olinmadi.
Shoʻrolar davrida tarbiya orqali har qanday odamni istagan ijtimoiy qiyofaga solish mumkin degan qarash hukmron boʻlganligi uchun ham uning shaxsni shakllantirishdagi oʻrniga ortiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining tarbiyaga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga mahliyo boʻlishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida tarbiya maqsadsiz boʻlib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yoʻnalishga solinishi mumkin boʻlgan qiyofasiz olomon tarzida qarash qaror topdi, Bu hol tarbiyaning samarasizligiga olib keldi. Chunki tarbiyaning asosiy obyekti boʻlmish shaxs va uning oʻziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Shoʻro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib taqaladi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiya va unga bogʻliq jarayonlarga yangi hamda sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda gʻayriilmiy sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, oʻzbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchikovlik bilan oʻrganilayapti. Natijada, Oʻzbekiston pedagogikasi fani va amaliyotida oila tarbiyasining ham, ijtimoiy tarbiyaning ham oʻziga xos oʻrni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan boʻldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida tarbiyaning oʻrniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doyir hodisa va holatlarni toʻgʻri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini toʻgʻri tayin etish imkonini berdi.
Inson, ko'plab fanlarning o'rganish ob'ekti hisoblanadi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma'lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o'zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shu boisdan pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga yetish qonuniyatlarini, unga ta'sir etuvchi ob'ektiv va sub'ektiv omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador davrlarni aniqlashi kerak.
Odamning mukammal inson bo'lib yetishuvida o'zining maqsad asosidagi xatti-harakati, iroda sifatlarining kamol topishi natijasida ayrim nuqsonlarini bartaraf etishi,qiyinchiliklarni yengib chiqishi mumkinligini bilishimiz zarur. Demak, inson hayot faoliyati davomida o'zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Chunki uning xulqiga, munosabatlariga, aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va vaziyat ham ta'sir etadi. Masalan, bir xildagi ta'sirlarga turli bola turlicha munosabatda bo'ladi, bu ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog'liqdir.
Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o'zlashtiradi, o'zi uchun o'zgartiradi va bu jarayon davomida o'zi xam shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta'sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta'sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta'sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o'quvchilarga turlicha ta'sir qiladi.
Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asosan kamol topadi. Shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligidan bahramand bo'ladi. Moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratishda ishtirok etadi.
Agar shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligi yuksak bo'lsa, u shaxsga shu qadar katta ta'sir ko'rsatadi va aksincha. Ikkinchi tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o'z moddiy va ma'naviy boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi.
Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada u shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma'lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim. Shaxs rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, rivojlanishga ta'sir etuvchi omillarning ta'siri turlicha bo'ladi, ya'ni kishi ijobiy va salbiy ta'sirlar natijasida kamolga yetadi.
Albatta ijtimoiy omillar inson shaxsining har tomonlama shakllanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Xususan, pedagog-tarbiyachilar bolaning muayyan rivojlanish davridagi xususiyatlari, xarakteri va fe'l-atvorini belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta'sir ko'rsatishini bilishi lozim. Shaxsning, ayniqsa bolaning rivojlanishi va shakllanishi biologik omil (irsiyat) ga bog'liqdir. Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan, ya'ni nasldan-naslga o'tadigan biologik xususiyat va o'xshashliklar tushuniladi.
Odam shaxsining va xulqining rivojlanishida biologik omillarning ta'sirini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi oqimlardan biri bixeviorizm bo'lib, u XX asrning boshlarida psixologiya fanida keng tarqaldi.Bunga amerikalik pedagog va ruhshunos E. Torndayk asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan naslga o'tadi, go’yo odamning ko'zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham tabiatan berilgandir.
1.O‘zbek ma’rifatparvarlarining ijtimoiy-pedagogik qarashlari nimalardan iborat?
2.O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi.
3.O‘zbekistonda ommaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tashkil etilishi qaysi me’zonlarga asoslangan?
Nazorat uchun savollar: THANK YOU