BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVI 01
02
03
MAVZU:IJTIMOIY TARBIYADA MAHALLANING O‘RNI
Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni.
Mahalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida.
Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni.
Tayanch tushunchalar:Etnomadaniy qadriyatlar, rahmdillik, ijtimoiylashuv mexanizmi, Qarindoshlik munosabatlari, omil,muhit.
Mentalitet (lotincha: mentalis — aqliy) — ayrim kishi yoki ijtimoiy guruhga xos aqliy qobiliyat darajasi, maʼnaviy salohiyat. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning oʻziga xos tarixiy anʼanalari, urf-odatlari, diniy eʼtiqodini ham qamrab oladi. Har bir millatning mentaliteti uning tarixi, yashab turgan shart-sharoiti, ijtimoiy faolligi va boshqa bir qancha omillar bilan bogʻlangan boʻladi. Masalan, oʻzbek millati Mentalitetining shakllanish jarayoni deyarli uch yarim ming yillik tarixga ega. Oʻzbek xalqi insoniyat moddiy va maʼnaviy madaniyatini bebaho durdonalar bilan boyitgan. Uning Mentaliteti, aqliy qobiliyati oʻtkirlashib borgan. Ammo 16—20-asrlar oraligʻida turli istibdod va mustamlakachilik zulmini boshidan kechirganligi tufayli milliy Mentalitetiga jiddiy putur yetdi.
Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida mahallaning ro‘lini kuchaytirish, huquq va vakolatlarini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mahalla azaldan tarbiya maskani, mehr-oqibat, ahillik va totuvlik o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Mustaqillik yillarida mahallaning nafaqat shakli, balki, mohiyati ham o‘zgardi, vakolat hamda vazifalari ko‘lami kengaydi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda fuqarolar bilan ishlashning yangicha tizimi yaratilib, hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etib kelinmoqda.
“Oila – mahalla – ta’lim tashkiloti” hamkorlik mexanizmi, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish, yoshlarni turli yot g‘oya va illatlardan himoyalashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida“Bola tarbiyasi – kelajak mevasi”, “Ilm ol, hunar o‘rgan”, “Tanlagan kasbing – sening kelajaging” kabi mavzularda o‘tkazilayotgan tadbir va tanlovlar ham samarali bo‘lmoqda.
Darhaqiqat, yosh avlodga zamonaviy ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida, yuksak fazilat sohibi etib tarbiyalash katta mas’uliyat talab etadi. Mahallalarda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor. Jumladan, nuroniylar, ibratli oilalar vakillari, o‘qituvchilar, shifokor va huquqshunoslardan iborat “Ota-onalar universiteti” jamoat tuzilmasi yoshlar ongu shuurini milliy hayot tarzimizga zid va zararli g‘oyalar, “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoyalash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga xizmat qilmoqda.
O‘zbek xalqi o‘ziga xos etnik muhitga egadir. Bunday muhitda bolalar yoshligidan o‘z ona (milliy) tillarining va unda o‘z aksini topgan ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, maqollar, ashulalarning ta’sirida bo‘ladilar. Bolalar asta-sekin milliy an’analar, urf-odatlarning aniq me’yorlariga ko‘nikishadi. O‘quvchilar milliy tarixni, adabiyotni o‘rganish va ona tillarida turli ma’lumotlarni olish orqali o‘smirlik yoshidayoq o‘z etnik va umummilliy mansubliklarini anglay boshlaydilar.
Etnomadaniy sharoitlarning ijtimoiylashuviga ta’siri mentalitet darajasida nisbatan yorqin namoyon bo‘ladi. “Mentalitet” tushunchasi XX asr boshida fransuz olimi L. Levi-Bryul tomonidan fanga kiritilgan. Mentalitet “etnos” (xalq, elat) tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
01
Etnos-bu tarixan bir hududda shakllangan, til, madaniyat, ruhiyatning umumiy, nisbatan barqaror xususiyatlariga ega bo‘lgan, shuningdek, boshqa shunday tuzilmalardan o‘z o‘zini anglashi bilan ajralib turuvchi insonlar majmuasidir. Biron bir etnosga mansublik tug‘ilishdanoq bo‘lmay, ijtimoiylashuv, shaxsning muayyan madaniy sohadagi shakllanishi, bolaning axloqiy steriotiplarni o‘zlashtirishi davomida namoyon bo‘ladi. Mentallik insonning olam, o‘zining bu olamda tutgan o‘rni haqidagi tasavvurlari asosida yotgan obrazlar tizimi bo‘lib, biron-bir davrdagi u yoki bu etnik guruhga xos bo‘lgan dunyoqarashdir.
“Mentalitet” kategoriyasi hozirgi vaqtda gumanitar fanlarda an’analar va madaniyat orqali aniqlab beriluvchi ommaviy dunyoqarashning tarkibini ifodalash uchun ishlatilmoqda. Mentalitetning turli ta’riflari mavjud bo‘lib, anglanmagan darajada jamoa tasavvurlari majmuasidir. Mentalitet muayyan tabiiy-iqlimiy va tarixiy-madaniy sharoitlarda shakllanadi.