bolgariya OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI GEOGRAFIYA SIRTQI TA’LIM YO’NALISHI 3-BOSQICH TALABASI_________________________NING MUSTAQIL ISHI BOLGARIYA
Bolgariya (Bʼlgariya), Bolgariya Respublikasi — Yevropaning jan., Bolqon ya. o.ning sharqiy qismidagi davlat. Sharqda Qora dengiz bilan oʻralgan. Mayd. 111 ming km2. Aholisi 8,3 mln. kishi (1997). Poytaxti — Sofiya sh. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyatga, ular jamoalarga boʻlinadi. Sofiya sh. viloyatga tenglashtirilgan.
Davlat tuzumi
Bolgariya — parlamentli respublika. 1946 y.dan 1990 y. 15 noyab.
gacha Bolgariya Xalq Respublikasi deb atalgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 y. 12 iyulda kuchga kirgan. Davlat boshligi — prezident (1997 y.dan Petr Stoyanov). Uni mamlakat aholisi toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 240 deputatdan iborat Xalq majlisi (doimiy ishlaydigan organ). Yangi konstitutsiyani qabul qilish, B. hududini oʻzgartirish masalasi yoki davlat tuzilishi va mamlakat boshqaruvi shakliga uzgartirish kiritish masalalarini hal etish uchun 400 vakildan iborat Buyuk xalq majlisi saylanadi. U oʻziga havola qilingan masalalar yuzasidan uzilkesil qaror qabul qilganidan soʻng vakolatitoʻxtatiladi. Vazirlar Kengashi (hukumat) ijroiya hokimiyat organi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |