B. dunyoning yuzdan ortiq mamlakati bilan savdo-sotiq aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Chetga koʻtarmatransport mashinauskunalari (elektr karlar, elektr telferlar), kemalar, tovar vagonlari, avtomatlashtirish vositalari, elektron va elektrtexnika mahsulotlari, stanoklar, mebel, moʻyna sanoati mahsulotlari, q.x. xom ashyosini qayta ishlash asosidagi oziq-ovqat mahsulotlari (konserva, tamaki, sigareta, sharbat, vino, efir moyi), sabzavot va hoʻl mevalar chiqaradi; chetdan asosan mashinalar, asbobuskunalar, transport vositalari, qora metall, neft, kumir, sellyuloza, yengil sanoat mahsulotlari keltiradi. Mamlakatga chet el sayyoxdigi anchagina foyda keltiradi (1 yilda 1 mln. dan ortiq kishi kelib ketadi). Pul birligi — lev.
Bolgariya Respublikasi Konstitutsiyasi 1991-yil 12-iyulda 7-sonli xalq majlisida qabul qilingan. 13-iyulda kuchga kirgan. U Bolgariyaning Oliy qonuni
Bolgariya Respublikasi Konstitutsiyasi 10 bob 169 moddadan iborat