Aholisi Asosiy aholisi bolgarlar, shuningdek turklar, loʻlilar, armanlar, ruslar, makedonlar va b. millatlar ham yashaydi. Aholining 67,93% shaharlarda istiqomat qiladi. Davlat tili — bolgar tili
Asosiy aholisi bolgarlar, shuningdek turklar, loʻlilar, armanlar, ruslar, makedonlar va b. millatlar ham yashaydi. Aholining 67,93% shaharlarda istiqomat qiladi. Davlat tili — bolgar tili.
Aholining aksariyati — pravoslavlar; musulmon sunniylar ham bor.
Eng yirik shaharlari: Sofiya, Plovdiv, Varna, Ruse, Burgas, StaraZagora.
Bolgariyada 80 ga yaqin partiya va siyosiy harakat ish olib boradi. Asosiylari: Bolgariya sotsialdemokratik partiyasi, 1891 y.da asos solingan, 1948 y.da faoliyatini toʻxtatgan,1989 y.dan qayta faoliyat koʻrsata boshladi; B. sotsialistik partiyasi, 1990 y. apr. da tashkil etilgan; Bolgariya biznesbloki, 1991Y. 22yanv.da roʻyxatdan oʻtkazilgan; B. dehqonchilik xalq ittifoqi, 1899 y.da asos solingan; Huqukdar va ozodlik uchun harakat, B. musulmon aholisini birlashtiruvchi ijtimoiy-siyosiy tashkilot, 1990 y. yanv.da asos solingan; Xalq ittifoqi, siyosiy birlashma, 1994 y.da asos solingan. B. dehqonchilik xalq ittifoqi bilan Demokratik partiyani oʻz ichiga oladi; Demokratik kuchlar ittifoqi, 1989 y. dek.da tashkil etilgan. B. mustaqil sindikatlari konfederatsiyasi, 1990 y.da tuzilgan; "Podkrepa" mehnat konfederatsiyasi, 1990 i. tashkil etilgan; "Birlik" mustaqil kasaba uyushmasi, 1990 y.da asos solingan.