So'ngi saylovlar 2005 y.ning iyun oyida bo'lib o'tgan. Navbatdagi saylovlar 2009 y.ning kuziga rejalashtirilgan.
QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYAT 240-DEPUTATDAN IBORAT. VAZIRLAR KENGASHI IJRIOYA HOKIMIYATI ORGANI HISOBLANADI.
Hududiy va mahalliy hokimiyat
Bolgariya Respublikasining hududi provinsiya va munitsipalitelarga bo'lingan.
Provinsiyalarning soni 28-ta bo'lib, har biri hokimiyat tomonidan tayinlanadigan provinsiya hokimi bilan boshqariladi.
Shu bilan birga, mamlakatda 263-ta munitsipalitet mavjud.
Oʻzbekiston - Bolgariya munosabatlari
Ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar uchun huquqiy asos yaratish, savdoiktisodiy hamkorlikni rivojlantirish, qoʻshmakorxonalar barpo etish sohasida bir muncha ishlar qilinmoqda. B. savdoiqtisodiy delegatsiyasining 1994 y. iyunidaOʻzbekistonga tashrifi natijasida iqtisodiyot va savdo-sotiqning bir qancha sohalarida hamkorlik qilish haqidagi bayonnomalar imzolandi. 1997 y. noyab.da B. tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻldi. Shu yil 12 noyab.da Toshkentda B. tadbirkorlari vakillari ishtirokida O'zbekiston ishbilarmonlari uchun biznesseminar oʻtkazildi. Unda ikkala mamlakat oʻrtasidagi anʼanaviy aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish va iqtisodiy hamkorlik sohasidagi barcha imkoniyatlardan unumli foydalanish haqida kelishib olindi. Bolgariyalik mehmonlarning "Oʻzbeksavdo", "Oʻzbekengilsanoat" uyushmalarida, "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi (1998 y. dek.dan xolding kompaniya), Toshkent sh. hokimligi, Sogʻliqni saklash vazirligi va "Uzfarmsanoat" konsernida oʻtkazgan muzokaralari samarali yakunlandi.