Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Og‘ir rangli metallar oksidlarining ko‘pchiligi, ishlab chiqarishda
qo‘llaniladigan asosiy erituvchi reagentlarda yaхshi eriydi. Shuning
uchun o‘zining tarkibida oksidlangan metallni saqlovchi rudalar,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri gidrometallurgik usullar bilan qayta ishlanadi.
Ko‘p hollarda, oksidlar erishining termodinamik imkoniyati
mavjuddir, ya’ni bu reaksiyalarning termodinamik muvozant konstantasi
musbat ko‘rsatkichlardir (K>1).
Oksidlarning erishini, ruх oksidining sulfat kislota eritmalarida
erishi misolida ko‘rib chiqamiz.
Sanoat amaliyotida ruх oksidini sulfat kislota eritmalarida tanlab
eritish, sulfidli ruх boyitmasini oksidlovchi kuydirishdan so‘ng amalga
oshiriladi. Amaliyotda ruх oksidini tanlab eritish, aylanuvchi sulfat
kislota elektrolitlari bilan olib boriladi.
Kuchsiz sulfat kislota eritmalarida ruх oksidining erishi quyidagi
reaksiya bo‘yicha boradi:
ZnO+ H
2
SO
4
= ZnSO
4
+ H
2
O
(4.1)
Dostları ilə paylaş: |