Ishni bajarish tartibi
1. Stakanga teхnik tarozida og‘irligi aniqlab olingan namuna
joylashtiriladi, so‘ngra stakanga zarur miqdordagi eritma quyiladi.
2. Tayyorlangan bo‘tana isitadigan magnitli aralashtirgichda
belgilangan vaqt davomida tanlab eritiladi.
Tanlab eritish jarayonini amalga oshirish uslubi
Kuyindi chinni havonchada yanchiladi va tarozida tortiladi. 10 g
yanchilgan kuyindi stakanga yuklanadi va unga 5 yoki 10% li ammiak
eritmasi quyiladi. Tanlab eritish jarayonidagi suyuq va qattiq
mahsulotlarning nisbati S:Q = 2,5 : 1.
Tanlab eritish 1 soat davomida aralashtirish usulida хona haroratida
olib boriladi. Tanlab eritishdan so‘ng eritma cho‘kmadan filtrlash yo‘li
bilan ajratib olinadi. Filtrdagi cho‘kma 30-40 sm
3
suv bilan yuviladi.
Filtrt filtrlash kolbasidan shisha stakanga quyiladi.
|