Qatronlarning asosiy хususiyatlari
Qatronning shishishi
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan ionitlarning o‘lchami 0,5- 3,0 mm
(cho‘zinchoq bo‘lsa 2-4 mm) bo‘ladi. Qatron suvga tushirilganda
ma’lum miqdordagi suvni shimib shishadi. Suvning qatron g‘ovaklariga
kirib borishi, uning ichidagi erkin ionlarning gidratlanishiga bo‘lgan
moyilligi hisobiga yuz beradi. G‘ovaklarga suv to‘lgan sari qatronning
fazoviy to‘ri cho‘zila boshlaydi va hajmi kattalasha boradi.
Qatronning ionalmashuv sig‘imi
Qatronlarning asosiy хususiyatlaridan biri ularning ionalmashuv
sig‘imidir. Ionalmashuv sig‘imi deb, 1g quruq, qatronning eritmadan
yuta olgan ionlar miqdoriga aytiladi va u mg-ekv/g yoki mg/g bilan
o‘lchanadi.
|