26
etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va O‘zbekistonda ittifoqdosh respublikalar
orasida birinchi bo‘lib
prezidentlik lavozimi
joriy etildi. Mustaqillikning tayanch
nuqtalaridan biri prezidentlik boshqaruvining joriy qilinishi bilan davlat
boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshladiki,
Prezidentlik boshqaruvi shu tizimning o‘zagidir.
O‘zbekiston mustaqillik tomon yo‘l tutar ekan, birinchi kunlaridan boshlab,
uning boshida Islom Abdug‘aniyevich Karimov turdi. Asrlarga teng shu qisqa
vaqtda erishilgan yutuqlar: mamlakatda o‘rnatilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy
barqarorlik, tarixiy, milliy va diniy qadriyatlarimizning tiklanishi jamiyatda
o‘rnatilgan osoyishtalikni, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
hamjamiyatda tutgan o‘rnining ortib borishini butun xalqimiz, jahonning yirik
davlat arboblari Islom Karimov nomi bilan bog‘laydilar.
Demokratik jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy o‘zgarishlarni
takomillashtirish va konstitutsion tizimni mustahkamlash mantiqan tom ma’nodagi
mustaqillikni talab etadi va uning zamirida markazga bo‘ysunmaslik, o‘z taqdirini
o‘zi belgilash tamoyili yotadi. Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy
organlarining o‘zaro aloqasini takomillashtirish - bu bevosita partiya
yakkahokimligini bartaraf etish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni
yaqinlashtirish demakdir. Bu esa oxir-oqibatda respublikaning o‘z taraqqiyot
yo‘lini ishlab chiqadigan va uni amalga oshiradigan Prezident lavozimini joriy
qilishni taqozo etdi. Bu tabiiyki, Gorbachyev boshliq ittifoq rahbariyatini qattiq
tashvishga sola boshlagan edi. Aslini olganda, O‘zbekiston boshqa ittifoqchi
respublikalarda kundan kunga tazyiq va zo‘ravonlik oshirilayotgan, kam sonli
xalqlarga zug‘um o‘tkazilayotgan bir paytda ana shunday dadil siyosat yurita
boshlagan edi.
Dostları ilə paylaş: