Book · February 022 citations reads 62,284 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Yüklə 5,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/149
tarix14.09.2023
ölçüsü5,24 Mb.
#128971
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   149
1.14-

GLOBALLASHUV (GLOBALIZATSIYA)
– 1) davlatlar va mintaqalar 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning chuqurlashuvi, yagona umumjahon iqtisodiy, 
madaniy va axborot makonlarining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayondir; 
2) jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar
yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishi; 3) nisbatan yangi so‘z bo‘lib, 
dunyo miqyosida ro‘y berayotgan turli-tuman jarayonlarni tavsiflash uchun 
qo‘llaniladi. U jahon yaxlit bozor bo‘lib borayotganini tavsiflaydi. Bu g‘oyaga 
ko‘ra insonlar orasida bir lahzada aloqa o‘rnatish imkonini beradigan zamonaviy 
axborot uzatish texnologiyalarining qo‘llanilishi natijasida vaqt va masofa
qisqarmoqda; turli madaniyatlar bir-biri bilan aralashib ketmoqda va Shimol


236 
madaniyatlari va qadriyatlari janubliklar tomonidan o‘zlashtirib olinmoqda, biroq 
bir vaqtning o‘zida etnik farqlar va tengsizliklar kuchaymoqda. Globallashuv 
g‘oyasiga ko‘ra yer sayyorasi alohida qit’alar yoki materiklar emas, balki yaxlit 
hisoblanadi va umumiy uyimiz deb qaraladi, Shunga ko‘ra insoniyat ta’sirining 
ba’zi turlari manbadan uzoqdagi odamlar va muhitga salbiy ta’sir etish yoki butun 
sayyora uchun salbiy ta’sirga ega bo‘lishi mumkin; 4) jahon iqtisodiyotining 
integratsiyalashuv, transmilliylashuv va baynalmillashuv jarayonlari. 
DAVLAT
-Hokimiyat organlari va siyosiy tashkilotlar tizimiga ega bo‘lgan 
mamlakat. Jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalari, ulardagi 
jarayonlarni shakllantiradigan, rivojlantiradigan, boshqaradigan va millatni 
taraqqiyotning yuqori bosqichiga o‘sib o‘tishini ta’minlaydigan siyosiy 
tashkilotidir.
DAVLATCHILIK
– bosh siyosiy hokimiyat va unga bo‘ysinuvchi boshqaruv 
tizimi bo‘lib, bu tizim jamiyatning barcha, ya’ni siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va 
madaniy sohalarini o‘z ichiga oladi. Davlatchilik azaliy va abadiy mavjudlik emas. 

Yüklə 5,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin