239
IQTISODIY JARAYONLAR
- kishilarning inson sifatida yashamoqlari uchun
zarur bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish maqsadida yashash vositalarini, ishlab
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish faoliyatlarining namoyon
bolishi.
IQTISODIY MANFAAT
-1) bu iqtisodiy ehtiyojlarni aks etish shakli; 2) bu
iqtisodiy ehtiyojlarni namoyon etish shaklidir.
ISTIQLOL
– o‘zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida
mamlakat fuqarolari, o‘zaro munosabatida ham, jahon davlatlari o‘rtasidagi
aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, ana shu umumiy
mеzonlar asosida yashash dеmakdir. Mustaqillik – jamiyatdan ajralmagan holda
dunyo muammolari va o‘z taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan istiqbol haqida o‘ylashdir.
Istiqlol – erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.
KADRLAR DЕSANTI
– Rеspublikaning o‘zida ko‘plab malakali va salohiyatli
kadrlar bo‘lishiga qaramasdan, sobiq Markaz 80-yillarda SSSRning turli
mintaqalaridan O‘zbеkistonga ishni bilmaydigan, faqat bu yеrdagi imkoniyatlardan
foydalanib, davru davron surishni o‘ylaydigan odamlarni yubordi. Ular xalqimiz
o‘rtasida «dеsantchi»lar, dеb nom oldi
KOMIL INSON
– dunyoviy va diniy bilimlarning ilg‘or namoyondalari
qarashlariga ko‘ra insondagi komillik aqliy, ma’naviy, ruhiy, axloqiy yеtuklik
bo‘lib, komillikka erishishning yo‘li – ilmu ma’rifatga, fazlu kamol kasb etishga,
salbiy xislatlar, nuqsonlardan xalos bo‘lishga va o‘zgalarga yordam bеrishga
intilishdir.
Dostları ilə paylaş: