Book · February 022 citations reads 62,284 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


kun 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy



Yüklə 5,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/149
tarix14.09.2023
ölçüsü5,24 Mb.
#128971
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   149
1.14-

kun 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy 
bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi 


34 
mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o‘zbek xalqining asriy orzusi ro‘yobga 
chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi. 
«
O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida
»
gi qonun 
17 moddadan iborat bo‘lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha 
konstitutsiya rolini o‘ynaydigan bo‘ldi.
Ushbu qonunda O‘zbekiston mustaqil 
demokratik davlat deb e’lon qilindi, ma’muriy-hududiy tuzilishi, hokimiyat va 
boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi. Respublikaning 
davlat bo‘linishi hamda iqtisodiy asoslari ham qonunda o‘z aksini topdi. 
Shuningdek, 
ushbu 
hujjatda 
O‘zbekistonning 
Qoraqalpog‘iston 
bilan 
munosabatlari xususida so‘z borib, O‘zbekiston Qoraqalpog‘istonning hududiy 
yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritildi, u O‘zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof 
etiladi. Bunday qonunning qabul qilinishi o‘sha davrda erishilgan yutuqlarning 
yuqori cho‘qqisi bo‘ldi. Shunday qilib, o‘zbek xalqi asrlar davomida orzu qilgan 
mustaqillikka tinch yo‘l bilan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
I.Karimov boshchiligida respublika rahbariyatining oqilona yo‘l tutishi orqali 
erishdi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinishi bilan birga 
Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. O‘zbekiston 
erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda referendum o‘tkazishga 
qaror qilindi. 1991-yili 18-noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O‘zbekiston 
Respulikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq 
29-dekabrda; «Siz Oliy Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil 
davlat deb e’lon qilinishini ma’qullaysizmi?» mavzuida referendum o‘tkazishga 
katta tayyorgarlik ko‘rildi. 

Yüklə 5,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin