Book · February 022 citations reads 62,284 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Yüklə 5,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/149
tarix14.09.2023
ölçüsü5,24 Mb.
#128971
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149
1.14-

beshinchidan,
davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari 
reglamentlangan: 
35
Ўзбекистон Республикаси халқ таълими вазирлиги. // Ўзбекистон Республикаси Президенти
Шавкат Мирзиёевнинг Ўқитувчи ва мураббийлар кунига бағишланган тантанали маросимидаги нутқида белгилаб 
берилган вазифалар. Маъруза матни. Тошкент-2020. б-6.


138 
a)
birinchilarga quyidagilar kiradi: 

nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash – litsenziyalar 
Ta’lim inspeksiyasi tomonidan cheklanmagan muddatga, har bir ta’lim turi uchun 
alohida beriladi; 

ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish 
– Ta’lim inspeksiyasi tomonidan 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Bunda nodavlat 
ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran 5 yil davomida 
akkreditatsiyadan o‘tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu attestatsiya 
va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan tashkilotlar 
maxsus 
reyestrga 
kiritiladi, 
bu 
haqdagi 
ma’lumotlar 
Ta’lim 
inspeksiyasining 
saytiga
 joylashtiriladi; 

xorijiy davlatda 1992 yil 1 yanvardan keyin olingan ta’lim to‘g‘risidagi 
hujjat tan olish, shuningdek ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish. 
Tan olish va apostil qo‘yish ham Ta’lim inspeksiyasi vakolatiga kiradi; 
b)
Ta’lim inspeksiyasi quyidagilarga haqli: 

nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat 
qilish va monitoringini amalga oshirish – biznes-ombudsmanni xabardor qilgan 
holda; 

ta’lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati 
ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan hollarda – ularni 
bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnomalar kiritish. Taqdimnoma bajarilmagan 
taqdirda - ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikatini 
bekor qilish.
36

Yuqoridagi o‘zgarishlardan ta’lim to‘g‘risidagi qonunning mohiyatini 
anglab olish mumkin. 
Qonunga muvofiq, taʼlim turlari quyidagilardan iborat: 

36
 https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/talim_tugrisidagi_yangi_qonun_asosiylari_haqida_qisqacha 
maktabgacha 
taʼlim va 
tarbiya; 
umumiy o‘rta 
va o‘rta 
maxsus taʼlim; 
professional 
taʼlim; 
oliy taʼlim; 
oliy taʼlimdan 
keyingi taʼlim; 
kadrlarni qayta 
tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish

maktabdan 
tashqari taʼlim. 


139 
Umumiy o‘rta taʼlim I–XI sinflarni o‘z ichiga oladi. 
O‘rta maxsus taʼlim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta taʼlim 
asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi. 
Professional taʼlim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional taʼlim 
darajalariga ajratiladi. 
Boshlang‘ich professional taʼlim kasb-hunar maktablarida IX sinf 
bitiruvchilari negizida kunduzgi taʼlim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur 
asosida bepul amalga oshiriladi. 
O‘rta professional taʼlim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-
shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha boʼlgan kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim 
shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda olish 
mumkin. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va 
himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar 
olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil 
izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar 
tayyorlashni taʼminlaydi. 

Yüklə 5,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin