Book · February 022 citations reads 62,284 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi



Yüklə 5,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/149
tarix14.09.2023
ölçüsü5,24 Mb.
#128971
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   149
1.14-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi 
bilan 2017- yil 14-fevralda mamlakatimizda keng ko‘lamda amalga 
oshirilayotgan Harakatlar strategiyasi samaradorligini ta’minlash maqsadida 
«
Taraqqiyot strategiyasi
»
markazi
tashkil etildi. Ushbu markaz nohukumat va 
notijorat tashkilot bo‘lib, uning faoliyati doirasiga quyidagi yo‘nalish va vazifalar 
kiritildi. 
-
Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilish 
jarayonlarini ularning bajarilishi bo‘yicha mas’ul komissiya bilan hamkorlikda 
qo‘llab-quvvatlash; 
-
Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha 
xalqaro tashkilot va ekspertlar fikrlarini baholash, shuningdek, xalqaro tajribalar, 
jahon standartlarini o‘rganib borish; 
-
amalga oshirilayotgan tadbirlarning keng jamoatchilik va ekspertlar 
ishtirokidagi muhokamasini tashkil etish; 
-
Harakatlar strategiyasida belgilangan tadbirlarni samarali amalga oshirish 
bo‘yicha asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. 
-
«Taraqqiyot strategiyasi» markazining eng muhim vazifalaridan biri 
Harakatlar strategiyasida belgilangan eng muhim chora-tadbirlarning bajarilishini 
tizimli monitoring qilib borish hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha guruhlarga 
asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat qilib belgilandi 
2017- yilning mart-iyun oylarida Markaz qoshida tashkil etilgan maxsus media 
maydonda o‘ttizdan ortiq brifing, press-konferensiya va tok-shoular tashkil etildi. 
Davlat dasturi ijrosi doirasida ishlab chiqiladigan barcha qonunlar va boshqa 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari Markaz qoshida dastlabki ekspertlik 
muhokamasidan o‘tkazilishi amaliyoti joriy etilmoqda. Jumladan, Markazda 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va ekspertlar ishtirokida 
«Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida» va «Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari 
to‘g‘risida»gi qonun loyihalarining keng muhokamasi o‘tkazildi. Tashqi ishlar 
vazirligi va Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) 
tomonidan taqdim etilgan qonunlar loyihalari bo‘yicha muhokamalarda Markaz 
vakillari ishtirok etishdi. 
Shu bilan birga, Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat 
dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlarning bajarilishida Markazning imkoniyatlaridan 
to‘liq, samarali va tizimli foydalanish mexanizmlarini joriy qilish, jumladan, 


211 
yuqori malakali mutaxassislar bilan tahliliy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish 
maqsadida Markaz huzurida Doimiy faoliyat yurituvchi ishchi maydon tashkil 
etildi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va 
yetakchi xorijiy litsenziyaga ega axborot-kutubxona resurslari fondlariga elektron 
ulangan tizimdan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. 

Yüklə 5,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin