Borilgan urush. Amerika Qo`shma



Yüklə 30,9 Kb.
tarix01.01.2022
ölçüsü30,9 Kb.
#107037
Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun olib borilgan urush. Amerik (1)


Aim.uz

Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun olib

borilgan urush. Amerika Qo`shma Shtatlarning

tashkil topishi. XVII asr o`rtalarida Shimoliy

Amerikadagi ingliz mustamlakalarining ahvoli.



REJA: 1. Mustaqillik uchun olib borilgan urush arafasida

Amerikada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot.

2. Amerikada birinchi burjua inqilobi va uning

sabablari.

3. 1775-1783 yillarda mustaqillik uchun kurash.

AQSH ning tashkil topishi.

4. «Mustaqillik dekloratsiyasi» va «AQSH

konstitutsiyasi» ning qabul qilinishi.

5. Shimoliy Amerikada bo’lib o’tgan inqilobning

tarixiy ahamiyati.
Amerika qit`asi Kolumb tomonidan kashf etilgandan keyin, bu hududlarga yevropaliklar ko`chib kela boshladilar. 1607 yilda Shimoliy Amerikaning atlantika sohilidagi hindlar yashaydigan yyerlarida birinchi ingliz mustamlakalariga asos solindi.

XVII asr boshlarida Ispaniya Shimoliy Amerikadagi Floridani, Texas, Koliforniyani, bulardan ham oldinroq butun Markaziy va Janubiy Amerikani bosib oldi. Fransuzlar Kanadada (1604 yillardan boshlab) Missisipi daryosi havzasiga Luizianada (1699 yildan boshlab) o`rnashib oldilar. Doimiy mustamlakaga aylantirish 1607 yildan, ya`ni Virginiya deb nomlanadigan mustamlaka barpo qilingandan boshlandi.

“May guli” kemasida kelgan mustamlakachi-puritanlar (ziyoratchi ruhoniylar) 1620 yilda Nyu-Plimutga asos soldilar va uni 1691 yildan massachusetesga qo`shib oldilar. Shundan keyin tez-tez poseleniyalar vujudga kela boshladi, ular asta-sekin qo`shilib, shimolda Nyu Gempshir (1622), Massachusetes (1628), Konnektikut (1634-1637), Rod-Aylend (1636-1643), Nyu-Geven (1637-1643) nomli mustamlakalar vujudga keltirildi. Bu mustamlakalar –Yangi Angliya deb atalib, Angliya burjua inqilobi boshlanib ketishi natijasida mustamlakalar bilan metropoliyalar o`rtasidagi aloqa zaiflashib, hindular bilan kurash kuchayib ketganligi tufayli bu mustamlakalar ichki boshqarish ishlarida to`la mustaqillikni saqlaganliklari holda, “Yangi Angliyaning birlashgan mustamlakalari” (1642-1643) degan nom bilan ittifoq tuzdilar.

Boshqa malakatlarning shimoliy amerikadagi mustamlakalaridan farq qilib, inglizlarga qarashli hududlarni aholisi tezroq ko`paymoqda edi.

Bunga Angliyadagi dehqonlarning yerdan mahrum qilinishi natijasida ularning mustamlakalarda migraciyasining kuchayishi, shuningdek diniy ta`qiblar sabab bo`ldi. Hatto Gollandiya mustamlakalarida aholisining yarmiga yaqinini inglizlar tashkil qilar edi. Bularning hammasi ingliz mustamlakalarini yanada mustahkamladi va burjua inqilobidan keyin Angliyani Shimoliy Amerikadagi o`z raqiblarini asta-sekin surib chiqrish imkoniyatini yaratib berdi. 1664 yildayoq Angliya Yangi Gollandiyani va uning Yangi Amsterdam shahrini bosib oldi uni keyinroq Nyu-York deb atay boshladilar. 1754 yildayoq Shimoliy Amerikada Fransiya bilan harbiy to`qnashuvlar bo`lib o`tdi, ikki yildan keyin esa etti yillik urush boshlanib, bu urush Fransiya mag’lubiyati bilan tugadi. Mustamlakalarda bir million kishi yashar edi, ular orasida 300 mingdan ortiqrog’i qul negirlar edi. XVIII asr 60-yillarida aholi soni mustamlakalarda tez sur`atlarda o`sib bordi, buning natijasida mustamlakalardagi aholi soni 2.6 million kishiga tdi, shuning 500 mingga yaqinrog’i negrlar bo`lib, negrlarning 90 % i qullardan iborat edi. Feodallar zulmi va qashshoqlikdan qutilish uchun YEvropadan qochib kelganlar, Angliyaning Shimoliy Amerika mustamlakalarida ham tilaklariga yetolmas edilar, ularning ko`pchiligi mustamlakachi burjuaziya va quldor platatorlar tomonidan shavqatsiz ekspluatatsiya qilinar edi.

Amerika burjua tarixchilari ta`riflaganidek Shimoliy Amerika orzu qilingan yer va ozodlik beshigi emas edi, albatta.

Angliya Va Gollandiyadan kirib kelgan burjua munosabatlari ekspluatatsiyaning kapitalizmgacha bo`lgan shakllari bilan ya`ni feodalizm, quldorlik elementlari bilan muayyan chatishib ketgan edi. Kapitalistik tuzumning vujudga kelish davrida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkabligi aholining sinfiy qiyofasining ham xilma-xil qilib qo`ydi.

N`yu-York mustamlakasida 2.5 million ar yer yirik yer egalari qo`lida edi, ulardan biri Jonsonning 50 ming ar eri bo`lib, Shimoliy Karolinada butun mustamlaka yyerlarning 1/3 qismi Lord Prenvill qo`lida edi. Massachusetsdagi Papperelning yeri butun qirg’oq bo`ylab 30 milga cho`zilgan edi. Yirik yer egalari yyerlarni nasldan-naslga qoldirish sharti bilan ijoraga berar yoki kichik-kichik bo`laklab sotar edilar.

XVII asrning 30 – yillarida qirol buyrug’i bilan yangi hududlarga ijozatsiz ko`chib borish, yyerlarni bosib olish, chegara posyolkalaridan tashqariga chiqish ta`qiqlandi. Buning ustiga mustaqillik uchun olib borilgan urush arafasida Allegangacha bo`lgan barcha yyerlar egallab olingan edi. 1763 yili qirol buyrug’i bilan Allegandan nariga ko`chib borish ta`qiqlandi.Shunday qilib yer masalasi juda katta ahamiyat kasb etib, mustamlaka zulmiga qarshi kurashning va inqilobning asosiy sabablaridan biri bo`ldi. Skvaterlik progressiv voqea bo`lsa ham, uning Amerika inqilobiga chuqur ta`sir qoldirgan tomoni ham bor edi.Ammo bosib olinayotgan yyerlar, Amerika burjua tarixchilari e`tirof etganidk, bo`sh yyerlar emas edi. Bu yyerlarni kolonistlar teng bo`lmagan bitimlar tuzish yoki ochiqdan-ochiq kuch ishlatish yo`li bilan hindulardan tortib olgan edilar, bu tortib olingan yyerlarda kolonistlarning asosiy mashg’uloti dehqonchilik edi. Hatto Yangi Angliyaning sanoati eng rivojlangan hududlarida ham aholining 90 % qishloq xo`jaligi bilan shug’ullanar edi. 1790 yilda birinchi marta ro`yxatdan o`tkazilganda, 8 mingdan ortiq aholisi bo`lgan shaharlarda butun aholining 3,3 % yashagan ishchilarning ahvoli esa juda og’ir, biroq YEvropadagi ishchilarning ahvolidan tuzukroq edi. Ish kuni tong otardan to quyosh botgunga qadar davom etardi va barcha mustamlakalarda ma`murlar ish haqini belgilab qo`ygan edilar.

Mustamlakalardagi aholinig ko`pchilik qismini asoratga tushgan xizmatkorlar, oq tanli ishchilar va negir – qullar, janubda esa aholining 40 % ini negir qullar tashkil qilar edi.

Negirlarni qul qilish juda kuchayib ketdi. 1619 yildayoq Afrikada ilk bor negirlar olib kelingan edi. XVII asrning o`rtalaridan boshlab negirlarni qullarga aylantirish tez tarqalib 1775 yildayoq Shimoliy amerikada negirlarning soni deyarli yarim millionga etib qolgan edi. Qul – negirlar har qanday ijtimoiy va siyosiy huquqlardan mahrum etilgan bo`lib, qul egalari ularni o`ldirishi, sotishi, qarzga berishi mumkin edi. XVII asrning ikkinchi yarmida quldorlik xo`jaligi kuchli inqirozga duchor bo`ldi, bunga tamaki va boshfa ekinlarning ekilaverishi natijasida yer kuchining ketganligi hamda janubiy mustamlakalar mahsulotini Yevropada sotish qiyinlashib ketganligi sabab bo`ldi. Bu inqiroz XIX asrning boshlaridagina paxta tozalash mashinasi ixtiro etilgandan keyin bartaraf etildi. Paxta bozori esa Buyuk Britaniyaga fabrikalashgan ip gazlama sanoati tez rivojlanganligi tufayli vujudga kelgan edi.

Amerikada madaniyatning rivojlanishiga va ilg’or g’oyalarning shakllanishiga prutanlarning diniy xurofoti, bidati va fanatizmi to`sqinlik qilmoqda edi. Ilm maorif ishlariga ruhoniylar ta`siri juda kuchli bo`lib, adabiyotda diniy tematika ustunlik qilar edi.

Alvasti ovlash va afsungarlik uchun qatl qilish hatto eng taraqqiy etgan Yangi Angliyada ham XVIII asr boshlarigacha saqlanib qoldi. Masalan, Salim qishlog’ida 1693 -1696 yillarda afsungarlik qilganligi uchun 19 kishi qatl qilingan edi, 150 kishi qamoqqa olingan va 200 kishi jodu qilishda ayblanib jazolangan. erkin fikr qilishgina emas balki dunyoviy mavzulardagi har qanday asar ham gunoh hisoblanar edi, ba`zi mustamlakalarda hatto teatr tomoshalari ham ta`qiqlangan edi. Butun mustamlakachilik davri mobaynida erkin fikr va demokratiyaning progressiv g’oyalari jaholatga qarshi kurash olib bordi. Bu g’oyalar dastlabki paytlarda diniy sektantchilikning an`anaviy shakllarida ifoda etilar edi. Puritanizm so`l qanotining siyosiy qarashlari xalq ommasining noroziligini va orzu tilaklarini bir ifoda eta olar edi. Bu so`l qanot arboblari XVIII asr Amerika ma`rifatchilarining o`tmishdoshlari edilar. Mustamlakalarda fan va falsafa, adabiyot va san`at keng tarzda rivojlanib ketolmadi bu esa ko`p jihatdan Amerika burjuaziyasiga xos bo`lgan tor faoliyatga bog’liq edi. Amerikaliklar o`zlarining metropoliyaga qarshi olib borayotgan kurashini asoslash uchun Goobe, Milton, Lokk, Russo va boshqa Evropa mutafakkirlarining g’oyalaridan foydalandilar. Amerika burjua ma`rifatchilari eng ko`zga ko`ringan va ajoyib kishilari Benjamin Franklin (1706-1790) va Tomas jeferson (1743-1826) edi. Bular Amerika maorifida so`l demokratik tendenciya vakillari va shakllanib kelayotgan Shimoliy Amerika millati, o`sib kelayotgan ongning mafkurachilari edilar. Otashin vatanparvar kolonistlar huquqi uchun eng dastlabki kurashchilaridan biri Benjamin Franklin Bostonda hunarmand oilasida tug’ilgan edi, keyinchalik u Filodel`fiyada yashaydi. Yoshligida u bosmaxonada harf tushiruvchi bo`lib ishladi va o`tkir jurnalist – publisist bo`lib etishib, akasining gazetasida akasi bilan birga ishladi. G’oyat iste`dodli, mehnatsevar va quntli bo`lganligi uchun o`zgalarning yordamisiz mustaqil ravishda o`qib bilim oldi. Amerikada ma`rifatchilarning birinchi namoyondasi bo`lib etishdi. Hamda jaholat va nodonlikka qarshi kurash olib bordi. Franklin Amerikada birinchi marta tuzilgan qullikka qarshi jamiyatning asoschilaridan biri edi. Franklin oligarxik idora usulining va mustamlakachilikning xavfli ekanligini yaxshi tushunar edi. Biroq u ko`proq mo``tadil siyosiy qarashlarini yoqlab keldi. Uzoq vaqt metropoliyaga qarshi inqilobiy kurashga qaraganda liberallarcha kompromis usulini yoqlab keldi, uzoq vaqt metropoliyaga qarshi siyosatda qat`iy va izchil bo`lmadi. Mustamlakachi burjuaziyaning ilg’or manfaatlarini himoya qilib, Franklin dastlab Britaniya imperiyasi doirasida mustamlakalarini birlashtirishga va o`z –o`zini boshqarishni kengaytirishga harakat qildi. Franklin bu imperiyani «chinni kosaga o`xshatgan va uning bir cheti uchib ketsa o`z qimmatini yo`qotadi” degan edi. Ammo uning fikricha, bu imperiyaning markazi shimoliy Amerika bo`lishi, poytaxt Londondan shu yerga ko`chirilishi kerak edi. Biroq metropoliyalar o`rtasidagi ziddiyatlarning murosasizligi Franklin va burjuaziyaning keng doiralari harqalay milliy mustaqillik uchun inqilobiy kurash yo`liga tushib olishga majbur bo`ldilar. Tomas Jefferson Virginyadagi plantatorlar aristokratiyasi oilasidan chiqqan. U har tomonlama keng ma`lumot oldi. Unga katta shuhrat keltirgan Britanya Amerikasining huquqlari haqida xulosa degan o`zining dastlabki pamfletlaridan birida Jefferson Georg III ga Karl I bilan Yakov II ning qismatini eslatib xalq suverenteti ideyalarini hamda mustamlakalarning qo`zg’olon ko`tarish huquqini himoya qildi. So`nggi asarlarda qullikni qattiq tanqid qildi, hindularning qirg’in qilinishini qoraladi. Ammo Jefferson izchil demokrat emas edi. Uning ommaviy faoliyati bilan nazariyasi ko`pincha bir-biriga to`g’ri kelmas edi. Jefferson kapitalizmning ba`zi salbiy xususiyatlarini, masalan, mol-mulkning bir to`da shaxslar qo`lida to`planishini tanqid qilgan bo`lsa ham, uning qarashlari keyinchalik burjua liberalizmi tomonida evolyucionlashgan edi. Jefferson o`z faoliyatlarida ayniqsa, XIX asr boshidan u respublika prezidenti bo`lgach, burjua respublikasini mustahkamladi, hamda asosan burjuaziya va platatorlar manfaatini ifoda etuvchi siyosat yurgizdi.

1765 yilda Angliya parlamenti mustamlakalarga qarshi qaratilgan ikkita qonun qabul qildi. Bulardan biri qo`shinlarni joylashtirish qonuni bo`lib, bu qonun ingliz hukumatiga mustamlakalariga cheklanmagan miqdorda qo`shinlar yuborish va ularni aholi uylariga joylashtirish huquqini berar edi. 2-qonun har qanday hujjatlar, gazetalar, broshyuralar, e`lonlar ustidan gerb solig’ini solish to`g’risida edi.

Bu qonunlar mustamlakalarda juda katta g’azab uyg’otdi va burjua elementlarining qarshi ta`sir ko`rsatishiga qaramay, ommaviy g’alayonlarga aylanib ketdi. Bostonda hurriyat rahbarlarining farzandlarining rahbarligi ostida ishchi va hunarmandlarning g’alayonlari 13 avgustdan 18 avgustgacha davom yetdi. Mitinglar o`tkazishdi, kechasi mash`allar yoqib yurishlar qildilar. Chinovniklarning uylariga o`t qo`ydilar, sud arxivlarini yoqib yubordilar. Gubernator yuborgan qurolli otryadlar haydab yuborildi. Gubernatorning yordam yuborish to`g’risidagi iltimosiga politsiya boshlig’i mening odamlarimni endi topib bo`lmaydi: ular xalqqa qo`shilib ketdi, deb javob berishi ahvolning naqadar tang ekanligini ko`rsatdi.

Xalq harakatidan qo`rqib ketgan mansabdorlar o`z lavozimlaridan voz kechdilar. G’arb to`g’risidagi qonun kuchga kirgach 1-noyabr kuni yangidan xalq g’alayonlari ko`tarilib ko`p kishilik mitinglar va namoyishlar uyushtirildi, gerbli qog’ozlar kuydirib yuborildi. Xalq “Umumiy ittifoqlik” yoki o`lim!, erkinlik yoki o`lim kabi degan shiorlar bilan kurashni kuchaytirdilar.

Mustamlakalardagi bu harakatlar xalqning qanday kuchga ega ekanligini ko`rsatdi va ko`p o`tmay gerb qonunining bekor qilinishiga kattagina yordam berdi. Mustamlakalar vakillari kongressni chaqirish to`g’risida qaror qabul qilishdi. Gubernatorning taqiqlashiga qaramay kongress 1675 yil 7 oktyabrda N`yu-Yorkda ochildi.

Yuqori tabaqalar petitsiya bilan murojaat qilib, hech narsaga erishib bo`lmasligini ma`lum qildi. Oktyabr oyi oxirlarida ingliz tovarlari butun mustamlakalarga yoyildi. Metropoliya burjuaziyasi mustamlaka bozorlaridan mahrum bo’lib qolishdan qo`rqib mustamlakalar bilan bo`lgan nizoni tezroq bartaraf qilinishini talab qildilar. 1766 yil martida gerb solig’i to`g’risidagi qonun bekor qilindi.

Ammo shu bilan ingliz parlamenti ilgarigi qonunlarga asosan mustamlakalarga soliq solish huquqi saqlab qolganligi qayd qilindi. qo`shinlarni joylashtirish qonuni va boshqa qonunlar kuchda qoldi. Tounshend qonuniga binoan 1767 yil bir qancha tovarlarga bojxona to`lovi joriy qilindi. To`lovdan tushgan daromad mansabdorlar va harbiy ma`murlarning ta`minotiga sarflanar, shu bilan ular kolonistlardan mustaqil bo`lib qolgan edilar.

Jazo choralari kuchaytirilib g’alayonni bostirish va qo`zg’olonni oldini olish 1768 yil Bostonga harbiy yordamchi kuchlari bilan to`la kemalar kirib keldi. So`ngra hukumat siyosiy jinoyatlarda ayblangan kolonistlarni Angliyaga olib ketib, o`sha yerda sud qilishni buyurdi, ma`murlarga qarshilik ko`rsatgan mustamlaka majlislari tarqatib yuborildi.

Bu tadbirlarning hammasi kolonistlarning g’azabini oshirdi. Mustamlakalarda ko`pgina pamfletlar paydo bo`ldi. Mitinglar va maxfiy yig’ilishlar oddiy tusga kirib klublar va maxfiy jamiyatlarning faoliyati ancha jonlandi. Vashington gubernatori tomonidan taqatib yuborilgan Virginiya majlisi ba`zi deputatlarning tashabbusi bilan ingliz tovarlariga bokot e`lon qildi. Ingliz tovarlarini Shimoliy mustamlakalariga olib kelib sotish 1768 yilgi 1363 funt sterlingdan, 1769 yilda 504 ming funt sterlingga tushib qoldi.

Kolonistlar qo`shinining olib chiqib ketilishini, o`zlarining huquqlarini poymol qiluvchi qonunlarning bekor qilinishini talab qildilar. Parlament taushend qonuni bekor qilish bilan Yana qisman yon berishga majbur bo`ldi. Mustamlaka burjuaziyasi kurashning passiv metodlarini mahkam ushlab olgan edi va hukumatga qisman yon berish bilan qanoatlanishga rozi edi. Biroq mehnatkashlar harakati tobora inqilobiy tus olmoqda edi. 1763 yilda Shimoliy Korolinada tenglashtiruvchilar nomi bilan mashhur bo`lgan fermyerlar harakati boshlanib ketdi. 4 yil davom etgan bu kurash qatnashchilari qonga botirildi. 1768-1774 yilda Allegan shtatidagi fermyerlar ingliz harbiy kuchlariga ochiqdan – ochiq kurash olib bordilar.

Sharqiy hududlarda ayniqsa Massachusetsda ishchilar, hunarmandlar va fermyerlar metropoliyaning faol tarafdorlarini ushlab olib, qattiq jazolay boshladilar. 1768 yilda Massachusetsda oq tanli qullarning g’alayoni ko`tarildi. Qo`shinlar bilan to`qnashuvlar tez-tez bo`lib turdi. Bostonda 1775 yil 5 mart kuni aholi bilan to`qnashuvlar vaqtida askarlar 4 ishchini o`ldirdilar va 5 kishini yarador qildilar. O`ldirganlar orasida qochoq negr Attaks yuor edi. O`ldirilganlar dafn marosimi xalq namoyishiga aylanib ketdi. “Boston qotilligi” inqilobiy jarayonlarning rivojlanishiga turtki bo`ldi. Nihoyat inqilobiy vaziyat etilib kelmoqda edi.

Inqilobning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari ishchilar, hunarmandlar va fermyerlar bo`lib, bular birgina mustaqillik uchun kurashmasdan, shuningdek iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy huquqlar uchun ham kurashdilar. Biroq xalq ommasi uyushmagan edi. Ommaning harakatlarga rahbarlik ishlarini yirik burjuaziya bilan quldorlar o`z qo`llariga olgan edilar, ular o`z navbatida xalq inqilobidan qo`rqar, toji-taxt bilan kelishib qo`ya qolmoqchi edilar. Ularning maqsadi metropoliyaning hukumron sinflari ega bo`lgan huquqlarga ega bo`lish edi, xolos.

Metropoliyaning murosasizligi hamda xalqning ishchilar, hunarmandlar va fermyerlarning avj olib ketgan qurolli kurashi ostida sinfiy kuchlar tobora tabaqalarga bo`linib ketayotgan edi. Quldorla, yirik burjuaziya, ruhoniylarning bir qismi ommaviy harakatlarni keng quloch yoyib ketayotganligidan qo`rqib ketib, royalistlar lagerga o`tib ketdi va qirol tomonda turib kurashdi.

Biroq ikkilanish va og’ishlar yo`lini bosib o`tgan burjuaziyaning bir qismi har holda metropoliyaga qarshi kurashga boshchilik qildi, ammo xalq harakatini keng quloch yoymasligiga tirishdi.

Xalqdan qo`rqib qolgan bu burjuaziya ommadan o`z manfaati yo`lida foydalanib, o`zining cheksiz hukumronligini o`rnatish uchun payt poylar edi. 1775 yil 9 mayda Filodelfiyada ochilgan ikkinchi kontinental kongresda hukumron guruh burjuaziya va plantatorlar vakillari, ya`ni mo``tadillar bo`lib ular Vashington Radolf, T.Jefferson, P.Genri, S.Adams va boshqalar edilar. Bular yangi burjuaziya demokratlarning o`z tashkilotlari ham yo`q edi, ular o`zaro kelishmasdan ish ko`rar edilar. Shunga qaramay, kongress ularning tashabbusisiz to`plangan armiyani vaziyat ostida o`z qaramog’iga olib, Jorj Vashingtonni bosh qo`mondon bo`lib tayinladi.

J.Vashington (1732-1799) Virginiyalik senatorlarning boy aristokrat oilasidan chiqqan ma`lumotli kishi edi. Uning akalari Ogayo er kompaniyasiga boshchilik qilar, bu kompaniya 18 yashar Jorjni dastlab er o`lchovchi qilib tayinlagan edi. Bu yerda u yigitlik chog’idayoq hindular bilan bo`lgan to`qnashuvlarda ko`ngilli askarlar ko`mondoni sifatida, 1754-1756 yillarda uncha katta bo`lmagan otryadlari bilan bo`lgan janglarda dong chiqargan edi. Vashington sof vijdonli g’ayratli va jasur kishi bo`lib, juda katta tashkilotchilik qobiliyatiga ega edi.

U kamgap, vazmin, o`zining hamkasblariga hamda qo`l ostidagi xodimlariga talabchan, g’amxo`r va haqiqiy vatanparvar edi.

Kongress umumiy armiya tuzish to`g’risida qaror qabul qilib, shu bilan bir vaqtda qirolga petitsiya yubordi. Petitsiyada kongress o`z sadoqatini ta`kidlagan va barcha masalalarni tinch yo`l bilan hal qilishni so`ragan edi.

Shuningdek, ingliz xalqiga qarata murojaat ham qabul qilgan edi. Angliya mustamlakalaridagi xalq bir-birovlari bilan urush olib borishga qarshi bo`lib, kolonistlar kurashiga xayrixoxlik ko`rsatmoqda edilar. Ularni mustamlakalaridagina emas, balki, Angliyaning o`zida ham hukum surib kelayotgan reaksiya va zulmga qarshi kurash zarurligini tushinish tuyg’usini birlashtirar edi. Angliya o`z qo`lida mustamlakalarni boe berishdan qo`rqan va mustamlakalar bilan savdoning keskin tushib ketganligi natijasida ziyon ko`rgan burjuazyaning ma`lum bir qismi, parlamentga yuborgan petitsiyalarida nizoni bartaraf qilishni keskin talab qilgan edi. Angliya hukumati ushbu talablarni rad etib, mustamlakalarni isyon holatida deb e`lon qildi. Muntazam armiya 55 ming kishiga, flotning shaxsiy sostavi 28 ming kishiga yetkizildi.

Ingliz burjuaziyasi hamma vaqt birovlvrning qo`li bilan urush qilishni yaxshi ko`rar edi. Nemis hukmronlari tomonidan Angliyaga sotilgan 29 ming nemis soldati Amerikaga jo`natildi. Iingliz ma`murlari hindu qabilalarini va plantatorlar qaramog’idagi negirlarni kolonistlarga qarshi otlantirishga harakat qildi. Biroq hindu qabilalarining ko`pchilik qismi Angliya tomonida o`tib, Oneydo qabilasi qo`zg’olonchilarni qullab quvatladi, irokezlar esa o`zlarini betaraf deb e`lon qilgan bo`lsa, negirlarning ko`pchiligi inqilobning tarafdorlari edilar.

Mustamlakalarda o`z tarafdorlarini ko`paytirish, qo`zg’olonchilar o`rtasida ixtilof chiqarish va ularning kuchlarini zaiflashtirish uchun inglizlar ig’vo qilish va pora berib o`ziga og’dirib olish usulini ishga soldilar.1775 yilning oxirlarida 20 mingga yaqin royalistlar metropoliya tomonida turib urishdilar. Royalistlarning qurolli kurashga o`tishi va ko`pgina ruhoniylarning inqilobga qarshi tashviqoti avj oldirib yuborilganligi tufayli kongres 1776 yil 2 yanvarda ular ustidan nazorat qilishni mahalliy ma`murlar zimmasiga topshirishdi. Shundan so`ng ularni qurolsizlantirish (1776 yil mart) va mol mulkini musodara qilish (1777 yil noyabr`) to`g’risida qaror qabul qilindi.

Mamlakatning deyarli hamma joylarida tuzilgan xafsizlik komitetlari bu qaror chiqishidan ilgariyoq royalistlarni qamoqqa olib, mol mulklarini musodara qila boshlagan edilar.

Kongress singari kontinental armiya ham, payt poylash va mudofaa taktikasini qo`llayotgan edi. To`g’ri, Kanadani bosib olishga urinib ko`rildi, bu esa mustamlaka burjuaziyasinigg eng muhim siyosiy va strategik vazifasi edi. Biroq bu urinish to`la muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. 1776 yilning boshlarida Vashington, uning sustkashligidan juda ko`p norziliklar tug’ilganligi tufayli Bostonni olishga tayyorgarlik ko`rish boshlandi. Bostonni qamal qilish uchun armiyaning barcha asosiy kuchlari bir joyga to`plandi va ingliz qo`shinlari Dorchestr tepaliklarini qo`lga kiritish yo`lidagi urinishlarni muvaffaqiyatsiz bo`lib chiqqanidan keyin 17 martda Bostonni tashlab chiqib ketdilar. Ingliz kemalariga qarshi qo`zg’olonchilarning qurolli qismlari jang qildilar, qo`lga tushirilgan qurollar va kiyim kechaklar qo`zg’olonchilar armiyasini ta`minlanishiga sarf qilinar edi. Mustamlaka qo`shinlari yomon qurollangan, arteleriya oz, ko`pincha eng zarur kiyim va oziq-ovqatlar etishmas edi. Sanoat urush talablariga tezda moslasha olmasa ham , lekin urushning borishida ancha yutuqlarga erishdi. Qishloq xo`jaligiga urush juda kam ta`sir qildi. Shunday bo`lsada ko`p joylarda ayniqsa, shaharlarda va janubiy mustamlakalarda qo`shinlar va xalq ochlikdan azob chekayotgan edi. Narxlarning oshib va chayqovchilikning misli ko`rilmagan darajada kuchayib ketganligi natijasida mehnatkashlar ommasining ahvoli og’ir edi. Burjuaziya va yirik er egalaridan iborat vatanparvarlar Amerika qog’oz pulidan ingliz tillasini afzal ko`rar, Amerika aholisi ochlikdan halok bo`layotgan bir paytda ingliz qo`shinlarini ta`min qilar edi. Vashingtonning o`zi 1775 yilda bunday degan edi: Fuqarolik burchini, odamgarchilikni bu qadar unutib yuborish, bu qadar chayqovchilik, foyda olish uchun bu qadar hiyla ishlatish hollarini ... men hech qachon ko`rgan emasman.

Vakolatli hukumatning va boshqaruvning markazlashtirilmaganligi, provinsializm ruhining va mustamlakalar o`rtasida ziddiyatlarining hukm surishi ham halokatli ta`sir ko`rsatdi. Mustamlakalar tamoman mustaqil bo`lib, ular qo`shinlar ta`minotini tashkil etishlari kerak edi, lekin urush ularning territoriyalariga etib bormaguncha bu ishni qilishga shoshilmadilar. Barcha qiyinchiliklarni bartaraf qilib va engib chiqish uchun birlashgan davlatlar barpo qilish kerak edi. Lekin bu uchun oldin mustaqillik e`lon qilinishi lozim edi. Keng xalq ommasining eng yaxshi ijtimoiy hayotga erishish yo`lidagi umidlarimustaqil respublika e`lon qilinishi bilan bog’liq edi. Xalqning va burjua demokratlarning mustaqillik haqidagi talablari klublarda va gazetalarda qat`iyroq qilishda 1776 yil yanvarida nashr etilgan va ikki oy ichida 120 ming nusxa sotilib bo`lgan “Tetik fikr” degan pamflet katta rol` o`ynadi. Uning muallifi inqilobchi-demokrat T.Pein (1737-1809) Angliyada hunarmand oilasida tug’ilgan qobiliyati tufayli u mustaqil o`qish bilan kuchli publitsist va jamoat arbobi bo`lib etishgan shaxs edi.

Pein 1775 yilning noyabridayoq kongress tomonidan ta`sis etilgan maxfiy komitet sekretari vazifasida ishlay boshladi. Keyin u demokrat general Nataniel Grinning yordamchisi sifatida urushda qatnashdi. Pein va boshqa demokratlar propganda qilgan mustaqillik talabi rad qilib bo`lmaydigan talabga aylandi. Kongress ikkilanib turganda Shimoliy Korolinada, Vtrginiyada va boshqa mustamlakalarda 1776 yilning aprel-mayida mustaqillik e`lon qilindi. Mustamlakalar o`zlarini shtat deb e`lon qildilar. O`shanda kongress ham 1776 yilning mayida qaror qabul qilib, unda mustamlakalarga Angliya bilan aloqa bilan aloqani uzish tavsiya qilingan edi. Nihoyat, 1776 yilning iyunida kongress “Mustaqillik dekloratsiyasi” qabul qildi. Dekloratsiya loyihasi burjua demokratik ruhda yozilgan edi, lekin u kongressning o`ng qism a`zolari tomonidan o`zgartirilib yuborildi. Munozara faqat mustaqillik ruhida emas, balki davlatning harakteri to`g’risida ham edi. Mustaqillik dekloratsiyasi kishilarga juda katta imkoniyat yaratib bergan hujjat edi.

Demokratik ruhdagi bu dekloratsiya xalqning katta g’alabasi edi, chunki kurash avjiga chiqqan paytda xalq ommasi shu qadar dahshatli kuch ediki, kongress demokratlari ular bilan hisoblashishga majbur bo`ldilar. Inqilobning birinchi davri mustaqillik e`lon qilinishi bilan tugadi va yangi davr respublika davr boshlandi. Tarkibi bir qadar yangilangan kongress eshdi milliy ta`sis deb nomlandi. Konstitutsiyani ishlab chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish, soliq-moliya masalasini va yana boshqa turli masalalarni hal qilish kerak edi. 1775 yilda mustamlakalarda 8 ming, 1781 yilda 56 ming ingliz qo`shini bor edi. Manbalarda aytilishicha, urush harakatlarida 30 minggacha kishi qatnashgan. Urush mobaynida Angliya Amerikaga hammasi bo`lib 90 mingga yaqin soldat yuborgan. O`z xo`jayinlari tomonidan sotilgan yollanma askarlarga ishonib bo`lmas edi. Biroq urush 6 yilga cho`zilib ketdi. Nihoyat respublikada qulay xalqaro vaziyat vujudga kelganligi tufayli, qurollangan xalqning faollik ko`rsatishi, jumladan, partizanlar harakati tufayli g’alabaga erishdi. 1776 yil avgustida Bruklin yonidagi jangda Vashington armiyasi mag’lub bo`ldi. 15 sentyabrda Nyu-Yorkni, noyabrda bir nechta qal`ani topshirdi. Undan keyin Delaver daryosini ortiga chekindi. Ko`p amerkalik askarlar asir tushdi. Yil oxirida respublika tang ahvolga tushib qoldi. Ammo 1777 yilning boshlarida Vashington o`z mavqeini tiklab qolishga erishdi. Kongress Yorktaunga ko`chdi. Burjua tarixchilari bu mag’lubiyatga general Li qilgan xiyonat sabab bo`lgan deb baholaydilar. Ammo g’alabaga inqilobiy yo`l bilan erishish mumkin edi. Chunki mo``tadil armiyaga xalq ishonmas edi. Ahvol keskinlashgan paytlrda xalqning o`zi mustaqil ravishda ish ko`rgan. Ingliz armiyasi Kanadadan o`tib N`yu-York shtati orqali hujum qilish vaqtida, respublika qo`shinlariga aristokrat Skviller ko`mondonlik qilgan edi. Shundan keyin ushbu qo`shin tarkibida jang qilishga ahd qilib, juda ko`p kishilar qo`shila boshladilar. Natijada 1777 yil 17 oktyabrda Saratog yonidagi jangda respublika qo`shinlari ingliz qo`shinlarini tor-mor keltirdilar. Bu g’alaba mamlakatning xalqaro ahvolini yaxshiladi va nihoyat 1783 yilda sulh tuzildi. Angliya AQShning mustaqilligini tan olishga majbur bo`ldi.

Xalqni itoatgo`ylikda saqlash uchun Shimol kapitalistlari va Janub quldorlari markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash, pul sistemasini va savdo to`g’risidagi qonunlarni tartibga solish, boylar mafaatlarini ko`zlab er uchastkalarini sotib olishni ta`minlash va G’arbdagi yangi yyerlarni bosib olish uchun bir qator hiyla nayranglar o`ylab topdilar. To`rt oy davom etgan munozaralardan keyin ishlab chiqilgan konstitutsiya AQSh tarixida muhim rol` o`ynadi. Bu konstitutsiyada inqilobning demokratik tendensiyalari o`z ifodasini topgan bo`lsada, Amerika xalqining takliflari o`z ifodasini topgan emas edi. Bu muhim tarixiy xujjat edi. 1787 yilgi konstitutsiyaga binoan AQSh federal davlatga aylandi. 1787 yili Ta`sis konventi AQSh konstitutsiyasini qabul qildi, u davlat tizimi to`g’risidagi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud prokuratura organlariga bo`linishi, ular o`rtasidagi bog’liq jihatdan amaliy ahamiyat kasb yetdi. Jorj Vashington AQShning birinchi prezidenti etib saylandi, o`sha davrning ulug’ siymolari T.Pein, B.Franklin, T.Jefferson AQSh davlatini tashkil etish va uni idora qilish an`analarini shakllantirdilar. Xalq hal qiluvchi inqilobiy rol` o`ynadi. Mustaqillik uchun olib borilgan urush davrida demokratik elementlar kuchli bo`lsa-da, burjua inqilobi xarakteriga ega edi. Milliy davlatning barpo qilinishi feodal qoldiqlarning tugatilishi va majburiy mehnat sistemasining yo`q bo`lishi hamda qullikning man qilinishi xalqning manfaatlariga to`liq javob berar edi.
Yüklə 30,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin