Boshiga ish tushgan odamni shilish – o’likni kafanini yechib olishday gap.
Birov gapni yog’lab gapiradi, birov tikanak bog’lab gapiradi, …odam gapni qay tarzda gapirganiga emas, nima deganiga qaralsa, durust bo’lar…
Asar o’quvchida qanday ta’sir qoldirsa, uni qaysi yo’lga boshlasa g’oyasi o’sha-da.
Zamonamizda intilgan kishi niyatiga yetadi.
Olamga eshikning tirqishidan qarash kerak emas.
Odamzod hasad qilmasligi kerak. Havas qilishi kerak. Havas qilgan odam murodiga yetadi.
G’araz bilan qilingan yaxshilik yomonlikdan farq qilmaydi.
Hammadan bir ayb topib orttirib yuborsa-yu, yonib ketgan uyning mo’risiday bo’lib adabiyotda bitta o’zi so’ppayib qolsa!
Ba’zi kitoblarning tiliga hayron qolaman. Qahramoni odamga o’xshab gapirmaydi.
Gap qancha yaxshi bo’lsa, u shuncha qisqa bo’ladi.
Sinchalak degan… qush “osmon tushib ketsa ushlab qolaman” deb oyog’ini ko’tarib yotar ekan!
Sukut – tanqidning bir turi.
Toshqin suv… - tegirmonni buzishi ham, yurgizishi ham.
Dostları ilə paylaş: |