2. Asar matni bilan tanishtirish. Asar oldindan tayyorlangan o‘quvchilarga rollarga bo‘lib o‘qitish orqali tanishtiriladi. 3. Asar yuzasidan dastlabki suhbat. – Asar nima haqida ekan? – O‘zbekistonda nechta viloyat bor ekan? (Klasterni chala o‘rnini to‘ldiring). – Asarda kimlar ishtirok etar ekan?
4. Asarni o‘quvchilarga qismlarga bo‘lib o‘qitish. 5.Mustaqil o‘qish mashqi. Topshiriq. Har bir viloyatga tegishli misralarni ichingizda o‘qib, klasterga yangi tarmoqlar qo‘shing va uni daftarlaringizga ko‘chirib oling.
Toshkent
Farg`ona
Samarqand
Andijon
Buxoro
O`zbekiston
Namangan
Navoiy
Surxandaryo
Jizzax
Qoraqalpog`iston AR
Sirdaryo
Qashqadaryo
6.Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash. Qo‘shimcha savollar:
Dehqonbobo va o‘n uch bolakay Moskvaga nima sababdan borgan edi, deb o‘ylaysiz? O‘n uch bolakay o‘z viloyatlari haqida nimalarni bilishar ekan? Siz o‘zingiz yashayotgan viloyat, (shahar, qishloq) haqida nimalar bilasiz? Tarmoqlashga bilgan ma’lumotlaringizni qo‘shing.
7.Darsda o‘rganilganlarni umumlashtirish va tarbiyaviy xulosa chiqarish. – Bugungi o‘qish darsida nima haqidagi bilimlaringiz boyidi?
– Vatan deganda endi qayerlarni tushunasiz?
– O‘zbekistonda yashovchi turli millat vakillari qanday yashayapti?
– Vatanga muhabbat deganda nimani tushunasiz?
– Sizning Vatan oldidagi burchingiz nimalardan iborat?