1.Suhbat uchun savol – topshiriqlar: – «Toshkentnoma” dostonini kim yozgan?
– Shoirning «Toshkentda uch fasl yoz» deb har bir fasliga bergan ta’rifini ayting.
– Toshkentni qanday shahar deb ataydi?
– Parchada o‘zbek xalqining qanday sifatlari madh etiladi?
– Nima uchun “Toshkent- non shahri”, “Toshkent – Tinchlik shahri” deyiladi?
– Azim shahar Toshkent haqida yana nimalarni bilasiz?
2.Sher’ni qismlarga bo‘lib ifodali o‘qitish. 3. Tanlab o‘qitish. – She’rdan o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing.
– Yoz manzarasi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing.
II. Yangi mavzu ustida ishlash.
1.Asarni o‘qishga o‘quvchilarni tayyorlash. Asar muallifi Abdulla Oripov haqida suhbat. 4-sinf o‘qish darslarida shoir Abdulla Orirovning qaysi she’rlarini o‘qib o‘rgandik? Bu she’rlar nima haqida edi? Shoirning yana qaysi she’rlarini bilasiz? A.Oripov qayerda tug‘ilgan? O‘zbekistonda nechta viloyat bor? Bu savolga o‘quvchilar javobi tarmoqlash usulida yoritib va to‘ldirilib boriladi. O‘quvchilar viloyatlarni to‘liq ayta olmasalar, ularni asarni o‘qish davomida topishlari va yozishlari aytiladilar
Toshkent
Farg`ona
Samarqand
Andijon
Buxoro
Namangan
Navoiy
Surxandaryo
Jizzax
Sirdaryo
Qashqadaryo
Qoraqalpog`iston AR
Doskaga asar nomi «Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi» yoziladi
Aqliy hujum. – Asar nima uchun «Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi» deb nomlangan? Asar nima haqida bo‘lishi mumkin?
O‘qituvchi: Bu savollarga qaysi javobning to‘g‘riligini asarni o‘qib bilib olamiz.