Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida sifat so‘z turkumini o‘rga
MAVZU YUZASIDAN UMUMIY XULOSA. Nutq – tafakkur mahsuli. Shuning uchun ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan yana bir muhim talab o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishdir. Fikrni bayon qilish tafakkur va til orqali amalgam oshadi. Ularning o‘zaro munosabati juda murakkab jarayondir. Tafakkur tashqi olamning kishi miyasida aks etishining oily shakli bo‘lsa, til tafakkurni ma’lum saklga solib, so‘zlar, so‘z birikmalari va gaplar bilan ifodalash vositasidir. Tafakkur qancha rivojlantirilsa, o‘quvchining fikr bayon qilish mahorati ham shuncha yuqori bo‘ladi.Ona tili mashg‘ulotlari faqat nutqni egallash yo‘llarini emas, balki undan foydalanish madaniyatini ham tarbiyalaydi. Nutq madaniyati juda katta va keng soha bo‘lib, u bolaning kundalik oddiy salom-aligidan tortib, kimga, nimani, qachon, qaerda va qanday so‘zlashgacha bo‘lgan barcha nutqiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bu madaniyat sirlari ham avvalo ona tili mashg‘ulotlarida – til hodisalarini o‘rgatish arayonida singdiriladi.
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan 21-asr tilshunosligidagi dolzarb muam-molardan biri so‘z yasalish hodisasi bo‘lib, hanuzgacha o‘z murakkabligini yo‘qotmagan bahsli munozara hisoblanadi. Chunki bugun o‘z o‘rnini ertaga bo‘shatib, tarixga aylanar ekan, qo‘shma so‘zlar ham rivojlanib va yangilanib bor-gani sari ba’zilari tarixiy so‘zga, ba’zilari esa yo‘qolib borish hodisasiga uchraydi. Tilda mavjud bo‘lgan imkoniyat va materiallar asosida yangi leksik birliklarni hosil qilish so‘z yasalishining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu hodisa tildagi lug‘at tarkibini doimiy ravishda boyitib borishga xizmat qiladi. Tilshunoslik fanida salmoqli ahamiyat kasb etadigan so‘z yasalishi hodisasi deyarli barcha fanlar bilan juda yaqinlikda xususan, u leksikologiya – tilning lug‘at tarkibi haqidagi fan bilan, o‘z o‘rnida fonetika va grammatika bilan yaqin,ayniqsa shakl yasash ta’limoti hamda so‘z birikmasi sintaksisi bilan ham bo‘g‘liqdir. Tilshunoslikda so‘z yasalishi masalalari leksikologiya, fonetika,grammatika sohalari bilan doimo birga o‘rganilib keladi. Boshlang‘ich sinflarda "Sifat" mavzusini o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi katta malakaga, mahoratga va tajribaga ega bo‘lmog‘i lozim. Uning har bir darsi bir sahnaviy asarga o‘xshashi, bu orqali o‘quvchilar qalbiga sezilarli ta'sir o‘tkaza olishi kerak.Toki, o‘quvchi dars tugasa ham, shu o‘qituchining darsini intiqib kutadigan bo‘lsin.Umuman, boshlang‘ich sinflarda "Sifat" mavzusini o‘rgatish jarayonida shu darslikdagi “Sifat” mavzusi bilan yaqindan tanishtirish jarayonida mazkur mavzuga bo‘lgan ularning qiziqishlarini orttirishga erishilishi lozim bo‘ladi. Buning uchun har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi pedagogik mahoratga ega bo‘lgan holda ta'lim jarayoniga kirib kelayotgan yangiliklardan boxabar bo‘lishi, ularni dars jarayonida bolalarning yoshi va xarakter xususyaitlarini e'tiborga olgan holda qo‘llay bilishi lozim bo‘ladi.