Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida sifat so‘z turkumini o‘rga
So‘zdirki nishon berur o‘likka jondin, So‘dirki, berur xabar jonga jonondin. Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, Bilki guhari sharifroq yo‘q ondin. Ona tili o‘qitishdan maqsad tilning jamiyat a’zolari o‘rtasida bajaradigan ana shu vazifasi – o‘quvchilarni fikr bayon qilish faoliyatiga tayyorlash vazifasidan kelib chiqadi. Chunki kishilar o‘z faoliyatlarining barcha sohalarida bir-birlari bilan faol munosabatda bo‘ladilar. Ular doimo o‘zlarini o‘rab olgan moddiy borliqdagi narsa-buyumlar va voqea-hodisalar to‘g‘risida fikr yuritadilar va o‘z fikrlarini bir-birlariga ma’lum qiladilar
Demak, jamiyatda fikr almashish qonuniy zaruriyatdir. Odamlar orasida fikr almashish bo‘lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to‘xtaydi. Fikr esa faqat til yordamida ro‘yobga chiqadi. Shuning uchun ham har bir kishi undan foqdalanishni ilishi va avvalo uning o‘zini to‘la-to‘kis o‘rganib olishga harakat qilishi zarur. Tilni o‘rganish bu faqat uning grammatikm qurilishini bilish, tushuncha, ta’rif va qoidalarni o‘zlashtirib olish emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, fikrni og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash malakalarini egallashdan iboratdir. Ona tili fani bolaga tilni o‘rgatish bilan birga, tilning serqirra imkoniyatlaridan nutqda foydalanish me’yorlarini ham o‘rgatadi.
Modomiki, ona tili o‘qitilishi bolalarda nutqiy me’yorlarni tarbiyalash va ro‘yobga chqarish yo‘llarini o‘rgatish ekan, demak, “til”, “me’yor”, “nutq” tushunchalari ayni bir narsa emas.Til fikrni shakllantirish va uni yuzaga, chiqarish, birovga yetkazish uchun imkoniyat sifatia o‘quvchining ongida mavjud. U ma’lum bir so‘zlar, qo‘shimchalar, ulaning o‘zaro birika olish imkoniyatlari va birikish natijalari haqidagi qonun-qoidalar majmuasidir. Tilning asosiy qonun-qoidalari, zarur birliklarini (nutq tovushlari, qo‘shimchalar, so‘zlarni), ularning birikish qonun-qoidalarinio‘quvchi jamiyatdan tayyor holda qabul qiladi. Ularni o‘rganish uchun maktabda o‘qish zarur emas. Umrida maltab ko‘rmagan odamlar ham tilni hayot, turmush, jamiyat talablari asosida o‘zlashtiradilar. Lekin til ichki imkoniyat sifatida aniq bir fikrni xilma-xil usul va vositalar yordamida yuzaga chiqarish imkoniyatini beradi. Tilning bunday imkoniyatlari behad xilmaxildir. Me’yor mana shu imkoniyatlarni g‘alvirdan o‘tkazuvchi omildir.
Me’yor jamiyatda ma’lum bir maqsadni ko‘zlagan holda til omkoniyatlaridan foqdalanish uchun ko‘rsatkichlar majmuasidir. Me’yorning oily ko‘rinishi milliy-adabiy til uslublari, mezonlarida o‘z aksini topadi. Milliy adabiy til esa faqat ma’lum bir uslubiy ko‘rinishdagina yuzaga chiqadi.Nutq til imkoniyatlarining me’yor g‘alviridan o‘tkazilgan holda yuzaga chiqishi, voqe bo‘lishidir.
Ona tili mashg‘ulotlari faqat nutqni egallash yo‘llarini emas, balki undan foydalanish madaniyatini ham tarbiyalaydi. Nutq madaniyati juda katta va keng soha bo‘lib, u bolaning kundalik oddiy salom-aligidan tortib, kimga, nimani, qachon, qaerda va qanday so‘zlashgacha bo‘lgan barcha nutqiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bu madaniyat sirlari ham avvalo ona tili mashg‘ulotlarida – til hodisalarini o‘rgatish arayonida singdiriladi.