Boshlang’ich sinf o’qituvchilarini me’yoriy xujjatlarini tayyorlashda word dasturidan foydalanishni o’rgatish reja



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə1/12
tarix06.12.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#120557
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Boshlang\'ich


BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI ME’YORIY XUJJATLARINI TAYYORLASHDA WORD DASTURIDAN FOYDALANISHNI O’RGATISH
REJA:
I Kirish
WORDNING ASOSIY TUSHUNCHALARI.
II Asosiy qism
1. WORD TAHRIRLAGICHINING ASOSIY IMKONIYATLARI.
2. WORD TAHRIRLAGICHIGA KIRISH.
3. WORD TAHRIRLAGICHIDAN CHIQISH.




WORD matn muharriri-WINDOWS ning amaliy dasturlaridan hisoblanib, xujjatlarni tuzish, ko’zdan kechirish, tahrir qilish va chop etish uchun xizmat qiladi. WORD-matnli va tasviriy ma’lumotlar ustida yuzdan ortiq amallarni bajaruvchi va matnli dasturlar sinfiga kiruvchi eng takomillashgan amaliy dasturlardan biri hisoblanadi. WORD-yordamida ixtiyoriy ko’rinishdagi hujjatni juda tez va yuqori sifatli tayyorlash mumkin. Dasturning yana bir qulaylik tomoni shundan iboratki, unda bir nechta hujjatlar bilan ishlash, ya’ni ularni qo’shish, biridan ikkinchisini hosil qilish, biridan ikkinchisiga kerakli joyini ko’chirish, matn yoniga tasvir tushirish, harflarni istalgan shaklda yetarlicha katta o’lchamda chop etish mumkin.


WORDNING ASOSIY TUSHUNCHALARI
WORD da ba’zi bir tushunchalar mavjud. Bular:
Avtomatnmatn kiritilayotganda ayrim so’z, ibora va jumlalarni bir necha bor yozishga to’g’ri keladi. Ularni qayta yozish zarur emas. Avtomatn buyrug’i ularni o’zi qayta yozadi.
Avtotahrirlagich-matnni kiritish jarayonida ayrim xatolar tez-tez takrorlanadi, bu xatolarni matn kiritilayotganda, avtomat ravishda to’g’rilash mumkin. Bu amal avtotahrirlash deb ataladi va uni avtotahrirlagich bajaradi.
Asbobla r panelitugmalar majmuidan iborat bo’lgan menyu. Bunda tugmani bosish natijasida biror buyruq bajariladi. Har bir tugmacha aniq vazifa va nomga ega.
Formatlashbu xujjat shaklini o’zgartirishdir. Bunda shriftlarni tanlashingiz, ta’kidlanishi zarur bo’lgan so’z va iboralarni ajratishingiz, abzats, chegaralarini tekislashingiz mumkin.
Автоформат mavjud shakllar asosida matnni formatlash.
К
олонтитул
Sahifa nomi bo’lib, u sahifaning yuqori va quyi qismida yoziladi. Masalan, bobning nomi odatda sahifaning yuqori qismida yoziladi.

Agar «sichqonchaning tugmachasini bosing» deb so’ralsa, sichqonchaning chap tugmachasini bosish kerak.


Sichqonchaning o’ng tugmachasini bosish zarur bo’lsa, «Sichqonchaning o’ng tugmachasini bosing» deb aniq so’raladi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin