WORD DASTURI OYNASINING ASOSIY ELEMENTLARI Dastur oynasi quyidagi elementlardan tashkil topgan:
Dastur paneli-dastur nomi va fayl nomi joylashgan. Shuningdek dasturning boshqaruv tugmalari joylashgan.
Menyular paneli-dastur menyulari joylashgan. Menyu quyidagi qismlardan iborat: Файл, Правка, Вид, Вставка, Формат, Сервис, Табица, Окно, Справка.
3. Anjomlar paneli-Dastur yuklanganda, faqat standart va format tipidagi anjomlar joylashgan bo’ladi. Foydalanuvchi ixtiyoriga ko’ra ular tarkibini o’zgartirish mumkin.
STANDART ANJOMLAR PANELI Fayllar ustida amallar bajarishda boshqa talablar qo’yilmagan bo’lsa, standart anjomlar paneli piktogrammalaridan foydalanish mumkin.
4-rasm
4. Gorizontal va vertikal tasmalar - Ekranni surishda foydalaniladi. Vertikal tasma ostida o’tkazish tugmalari joylashgan. Gorizontal tasmaning chap qismida dastur ishlash tartiblarini belgilovchi tugmalar joylashgan.
4. Ishchi stoli- Matnlar kiritish maydoni.
5. Holat qatori- Joriy hujjat to’g’risidagi ma’lumotlar saqlanadi. Hujjatning ekranga tasvirlanishiga ko’ra dastur 4 xil tartibda ishlaydi. Bu tartiblarni gorizontal tasmaning chap qismida joylashgan boshqaruv tugmalari orqali joriy etishimiz mumkin.
7. Odatiy tartib (обичний tartib) - matnlarni kiritish va tahrirlashda foydalaniladi. Bu tartibda qog’ozning maxsus elementlari, rasmlar va matn ustunlari tasvirlanmaydi. Hujjat sahifalarga bo’linmaydi.