Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belgilari bilan tanishtirishga o’rgatish



Yüklə 146,26 Kb.
səhifə10/23
tarix26.11.2023
ölçüsü146,26 Kb.
#135796
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belg

So‘roq belgisi.So‘roq belgisining kelib chiqishini lotincha question – so‘roq so‘ziga olib borib taqaydilar. So‘roq ma’nosida mazkur so‘zning birinchi harfi “Q” ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi “?” holatga kelib qolgan, o‘zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng muntazam ishlatila boshlangan.
So‘roq belgisi quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. So‘roq gaplarning oxirida: Shuncha qurilishni qachon qilishdi? Qanday ulgurishdi? (I.R)
2. Kim, nima, qanday, qachon, qanday qilib, nima qildi kabi so‘z va iboralar so‘roq ma’nosida ishlatilsa, ulardan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi. Ega kim?, nima?, qaer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. 3. Gap yoki matn ichidagi birorta so‘z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo‘lsa, undan so‘ng qavs ichiga “toping” manosida qo‘yiladi. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” qissasida (?) o‘zbek xalqining yaqin o‘tmishi haqida hikoya qilinadi. Undov belgisi
Undov belgisi o‘zbek tiliga rus tilidan o‘tgan. Mutaxassislarning fikricha u lotincha lo – undov so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, unga nuqta (.) ning qo‘shilishidan hosil bo`lgan. Undov belgisi quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:
1. Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplar oxirida qo‘yiladi. Chindan ham poyonsiz cho‘lda hayot tantana qildi! (Sh.P.)
2. Buyurish, yalinish, istak, xohish va shu kabi ma’nolarni ifodalovchi gaplarning oxirida ham ishlatiladi. Qahramonim, arslonim, mehribonim, bo‘l omon! (H.O.)
3. Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar emotsionallikka ega bo‘lganda, ulardan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi.
Siz chakana mehnat qilmadingiz. Qoyil!
Nogoh katta darvoza tomondan tanish ovoz yangradi: - Ermat aka! 4. Gap boshida kelib, his-hayajon bilan aytilgan undalmalardan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi. Onajonlarim! Nechuk shamol uchirdi? (A.Q)
5. Ha, yo‘q, xo‘p, uzr, mayli, xayr, salom kabi so‘z gaplar hayajon bilan aytilsa, ulardan so‘ng qo‘yiladi. - Balli-balli! – dedi Rahim va Sharifga qarab im qoqdi.
-Yo‘q! Borolmayman, - dedi qayrilib. (A.Qodiriy)
6. Aytilishi lozim bo‘lgan fikr o‘ta kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket uchta belgi qo‘yiladi.
- Chiqar buni jallod!!! Jallodlar harakatlandilar.
-Xanjarimiz qonsirag‘on! (A.Qodiriy)
7. His-hayajon bilan aytilgan so‘roq, shuningdek, ritorik so‘roq gaplardan so‘ng qo‘yiladi. Kimdir seni kutsa, kimnidir sen ham sog‘insang, qanday baxt bu! (O‘.Hoshimov)

Vergul
Vergul tinish belgisi sifatida G‘arbiy Yevropada XV asrdan boshlab ishlatila boshlangan. O‘zbekcha matnlarda XX asr boshlaridan boshlab uchraydi. Vergul quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi: 1. Bog‘lovchisiz, sanash ohangi bilan uyushgan bo‘laklar o‘zaro vergul bilan ajratiladi. Kelajak yorqin va eng go‘zaldir. Uni sevingiz, unga intilingiz, uning uchun ishlangiz, uni yaqinlashtiringiz. (Chernishevskiy) 2. Undalmalar vergul bilan ajratiladi. Xotirjam bo‘ling, otaxon, maqsadingizga yetasiz. (H.G‘.) 3. Kirish so‘z va kirish birikmalardan so‘ng vergul qo‘yiladi. Ilmsiz, ma’rifatsiz yangi turmush qurib bo‘lmaydi, albatta. (H.G‘.) Forobiyning yozishicha, inson jamiyatda, o‘zaro munosabatlarda voyaga yetadi. 4. Tasdiq, ta’kid yoki inkorni bildiruvchi so‘zlar gap boshida kelganda vergul bilan ajratiladi. Ha, cho‘ponlar kam uyqu bo‘ladi. (Sh.R.) Xo‘p, soat beshlarda etib boraman. Yo‘q, to‘yni hali boshlaganimiz yoq. (A.Q.)
5. Ajratilgan bo‘laklar vergul bilan ajratiladi. Ko‘kda, daraxtlar ustida, g‘uj-g‘uj yulduzlar yonadi. (O) Onaga, eng ulug‘ zotga, ehtirom chinakam insoniylik sanaladi.

6. Qo‘shma gap komponentlari vergul bilan ajratiladi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni tashkil qilgan sodda gaplar orasida ishlatiladi.
Do‘sting mingta bo‘lsa ham oz, dushmaning bitta bo‘lsa ham ko‘p. 7. Bo‘g‘langan qo‘shma gaplarda ham vergul ishlatiladi. Darhaqiqat, bo‘ron kuchli, ammo dehqonlar undan kuchli. (Sh. P.)
Yo biz boraylik, yo siz keling. 8. Undov so‘zlar his-hayajon bilan aytilsa, ulardan so‘ng vergul qo‘yiladi. Ey, menga bir minutga qarab qo‘ying. 9. Ko‘chirma gap darak, buyruq gap bo‘lsa, undan so‘ng vergul qo‘yiladi. “Inson qalbi javohirlardek toza, pok bo‘lmog‘i lozim”, deb aytgan edi Abu Rayhon Beruniy.
Qavs.Qavs o‘zbek yozuvida XIX asrning oxirgi choragidan boshlab ishlatila boshlangan. Dastlab “Turkiston viloyatining gazeti”da 1873-yilda ishlatilgan.
O‘zbek tilida quyidagilar qavsga olinadi: 1. Kiritma gaplar: Men mulla akani (Muqumiyni shunday atardilar) bohavoroq deb supachaga boshlab keldim. (Uyg‘un)
2. Remarkalar: Sodiq. Qizarib ketgan ekanman, qarang, aka, mingboshini ham (Bo‘ripolvonga kalla solib ko‘rsatmoqchi bo‘lib yoqasidan oladi, u qo‘rqib dodlab yuboradi) mana shunday kalla qilib cho‘ziltirmoqchi edim-u, nomardlar orqadan kelib qo‘limni bog‘lab qoldilar. (Nazir Safarov)
3. Sitata yoki misolning manbayi: Badantarbiya bilan mo‘tadil va o‘z vaqtida shug‘ullanuvchi kishi kasalliklarning davosiga muhtoj bo‘lmaydi. (Abu Ali Ibn Sino)
4. Izoh ma’nosidagi so‘z yoki so‘z birikmalari:
Yashasin jonajon mustaqil O‘zbekistonimiz (Farg‘ona viloyatining yirik tumani) qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirishda katta muvoffaqiyatlarga erishmoqda. Lingvistika (til haqidagi fan) tez rivojlanib boryapti.
5. Matbuotda ilmiy asarlarda uchraydigan boshi 3-betda, davomi bor kabi iboralar ham qavs ichiga olinadi.
6. Shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilarning ikki xil varianti berilsa, ulardan biri qavsga olinadi.“Qutadg‘u bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”)
7. Sitatalarda gumon, anglashilmovchilikni bildirish uchun qo‘llangan so‘roq belgisi ham qavs ichiga olinadi. (So‘roq belgisining qo‘llanishiga qarang.)
8. [ ] ko‘rinishidagi qavsdan foydalanish hollari ham ko‘p uchraydi.
Egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda shah [a] ri, o‘r [i] ni, sing [i] lisi so‘zlaridagi “a”, “i” tovushlari qoidaga ko‘ra tushiriladi.

Yüklə 146,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin