GAPNING AJRATILGAN BO‘LAKLARI VA ULARDA TINISH BELGILARINI QO‘LLANILISHI Gapning bo‘laklari ajratilishi mumkin. Gap bo‘laklarini ajratish orqali murakkab fikr sodda, ixcham va ta’sirli ifodalanadi. Gapning hamma bo‘laklari ham ajratilishi mumkin:
1.Ajratilgan egalar: Men, Salimov To‘lqin, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida 1968 – yili tug‘ildim. 2.Ajratilgan kesimlar: Uyda ko‘p ish qildi – supurdi, kir yuvdi, tozaladi. 3.Ajratilgan aniqlovchilar: O‘sha otga mana bu bolaning, Qurbonberdining ishqi tushib qolgan ekan. 4.Ajratilgan to‘ldiruvchi:
Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam, Qo‘msayman birovni – allakimimni. (G‘.G‘)
5.Ajratilgan hol: Yillar mana shu xilda, osoyishta o‘tar edi. Ajratilgan bo‘lak ikki vazifada keladi:
1.u o‘zidan oldingi mavhum ma’nodagi bo‘lakning ma’nosini izohlaydi va diqqatni ana shu bo‘lakka jalb qiladi; 2.o‘zi ifodalagan mazmunning ma’nosini ajratadi, diqqatni shu bo‘lakka qaratadi. Bu xil ajratilgan bo‘laklar ham ikki turli bo‘ladi:
1.ajratilgan sifatlovchili aniqlovchilar: Borlig‘im-la farzandingman, sodiq, mehribon, Ozarbayjon, Ozarbayjon! 2.ajratilgan ravishdosh qurilmalari:Ey Farg‘ona!Tushkun kunlar bolasini tishida tishlab, yuvib, tarab, sevib, o‘pib, quchib, opichlab, Ey baxtlarni balog‘atga yetkazgan ona!
AJRATISH USULLARI 1. Gap bo‘laklarining tartibi o‘zgaradi, ajratilgan bo‘lak o‘z aniqlanmishidan keyin keladi. Men yomondan ayrilib, yaxshini topganing qani? Bugun kun bo‘ladi, ravshan va bedog‘. 2.Ajratilgan bo‘lak boshqa bir bo‘lakning ma’nosini izohlamay, o‘zi ifodalagan bo‘lakninng ma’nosini ajratib, diqqatni o‘zi ifodalagan mazmunga jalb qilib keladi.So‘ng qilichini mahkam ushlab, bukchayib, ohistagina yerga yeqildi. Bu xil gap qurilmalarning o‘z egasi bo‘lsa, ergash gap sanaladi.
AJRATILGAN BO‘LAKLARDA TINISH BELGILARINING QO‘LLANISHI 1.Ajratilgan bo‘lak ikki tomondan vergul bilan ajratiladi: Bayroq, havo rang, mag‘rur xilpirab turar. 2.Ajratilgan aniqlovchilar aniqlanmishidan bevosita oldin kelgani uchun undan so‘ng to‘xtalish bo‘lmaydi, vergul qo‘yilmaydi. Fe’l bilan yonma-yon kelgan ravishdosh va ravishdosh qurilmalardan keyin ham tinish belgisi qo‘yilmaydi. Kechagi, ya’ni urushdan oldingi hayotning naqadar maroqli ekanini... bilgandir. Salim otaning, mashhur dehqonning bu tashabbusi keng quloch yoydi. Kimdir mehmonlarni ancha yergacha kuzatib qo‘ydi. 3.Ajratilgan bo‘lak ya’ni, masalan kabi so‘zlar bilan bog‘lanishi mumkin. Bunda vergul ana shu so‘zlardan oldin qo‘yiladi. 4.Agar ajratilgan bo‘lak kengayib, uyushib gap oxirida kelsa, undan oldin tire qo‘yiladi. Paxtakor o‘zbekman – zavardast, mag‘rur, Sharqning mayog‘i deb atalur yurtim. (G‘.G‘) 5.Ajratilgan bo‘lak gap orasida kengayib yoki uyushib kelsa ham har ikki yoki bir tomoniga tire yoki vergul va tire qo‘yiladi: Ismi barlos – sodda, dilobar – ov va qush ilmining piridir.