Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belgilari bilan tanishtirishga o’rgatish


EGA BILAN OT - KESIM O`RTASIDA TIRENING ISHLATILISHI



Yüklə 146,26 Kb.
səhifə16/23
tarix26.11.2023
ölçüsü146,26 Kb.
#135796
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belg

EGA BILAN OT - KESIM O`RTASIDA TIRENING ISHLATILISHI
Ot-kesimlar bosh kelishikdagi ot orqali ifodalanganda, ega bilan ot-kesim orasiga tire qo‘yiladi. Kesim bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanganda ega ot, olmosh, otlashgan so‘z yoki harakat nomi bilan ifodalanishi mumkin. Kesimlar ot, olmosh, otlashgan so‘z bilan ifodalangan ega yoki kesim bilan yoki har ikkisi o‘ziga oid so‘zlar bilan kengayib kelganda, tire kesimga oid so‘zlardan oldin, bevosita egadan so‘ng qo‘yiladi. Kesim harakat nomi yoki sanoq son bilan ifodalanganda ham ega bilan kesim orasiga tire qo‘yiladi.
Maqsadim – a’lo o‘qimoq. Ikki karra ikki – to‘rt.
Ega bilan kesim bu, u, mana bu so‘zlari bilan ajralganda ham, ega va kesim orasida tire ishlatiladi, tire bu so‘zlardan oldin qo‘yiladi.
Tinchlik – bu sevinchdir, hayotda lazzat,
Tinchlik - bu totuvlik, har ishda orom.
Ega bilan ot kesim orasida tire qo‘yilmasligining sababi shuki, kesim –dir, bo‘ladi bog‘lamalari bilan kelgan yoki kelishik qo‘shimchasini olgan bo‘ladi. Bundan tashqari, kesim sifat, ravish, egalik olmoshi yoki tartib son bilan ifodalanganda ham, ega bilan kesim orasiga tire qo‘yilmaydi. Ega bilan kesim orasida quyidagi o‘rinlarda ham tire qo‘yilmaydi:
1.Agar ega bilan kesim orasida quyidagi o‘rinlarda ham yordamchisi bo‘lsa: Olma ham meva. Bular ham a’lochi. 2.Kesim shaxs qo‘shimchasini olsa yoki yuklama bilan birikib kelsa: Bu kishi muallimimiz. Bu ishni bajaruvchi sensan. Yuragi qalam-u, qog‘ozi – keng yer. A’lochilaringiz Salimjonmi? 3.Kesim sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalansa: Yurtimiz obod. Ona tilidan yuqori baho olgan talabalarning soni yigirma beshta. Nega yurishingiz sekin?

UYUSHIQ BO‘LAKLARIDA TINISH BELGILARI.Gapda birdan ortiq ega, kesim, hol, aniqlovchi, to‘ldiruvchi bo‘lishi mumkin. Bunday bo‘laklar uyushiq bo‘laklar deyiladi. Uyushgan bo‘laklar bir xil shaklda, bir xil vazifada keladi. Uyushgan bo‘laklar o‘zaro bog‘lovchisiz yoki bog‘lovchilar bilan bog‘lanadi. Bog‘lovchisiz bog‘langan uyushiq bo‘laklar biriktiruvchi ohang bilan o‘zaro birikadi.
1.Bog‘lovchisiz bog‘langan uyushiq bo‘laklar vergul bilan, agar ular birikib kelsa, nuqtali vergul bilan ajratiladi: Kitob, qalam, daftar bo‘lsin yo‘ldoshing. U hovli supurdi, suv tashidi, kul tozaladi. Qo‘nonboy yonida bir gala xushomadgo‘ylari: Segizboylardan Moybosar, Jaqib, Iziquttilardek qarindoshlari; Juontayoq, Qorabotir, To‘pay, To‘rg‘ay elining oqsoqollari bor edi. 2. Bog‘lovchili uyushiq bo‘laklar o‘zaro teng bog‘lovchilar yordamida bog‘lanadi. Teng bog‘lovchilar to‘rt xil bo‘ladi:
zidlovchi bog‘lovchilar: ammo, lekin, biroq;
ayiruv bog‘lovchilar: yo, yoki, yohud, goh, dam;
biriktiruv bog‘lovchilari: va, ham, bilan;
inkor bog‘lovchisi: na-na.


Yüklə 146,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin