Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belgilari bilan tanishtirishga o’rgatish


GAP BO‘LAKLARI BILAN GRAMMATIK ALOQAGA KIRISHMAGAN SO‘ZLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI



Yüklə 146,26 Kb.
səhifə19/23
tarix26.11.2023
ölçüsü146,26 Kb.
#135796
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belg

GAP BO‘LAKLARI BILAN GRAMMATIK ALOQAGA KIRISHMAGAN SO‘ZLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI .Gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan so‘zlarga undalmalar, kirish so‘z va kirish gaplar, ha va yo‘q so‘zlari va undovlar kiradi.
1.Undalmalarda tinish belgilarining ishlatilishi. Undalmalar gap bo‘laklaridan vergul yoki undovlar belgisi bilan ajratiladi. Undalmalar gap boshida kelganda – undan keyin, gap orasida kelganda, har ikki tomoniga, gap oxirida kelsa, undan oldin vergul qo‘yiladi. His-hayajon bilan ifodalangan undalmalardan so‘ng (gap boshi va oxirida) undov belgisi qo‘yiladi.
Onajonlarim, hamma o‘zining eski devorini quchoqlab o‘tira bersa, yurt qachon obod bo‘ladi?
Undalma undov so‘zlar bilan birikib kelishi mumkin. Agar undov so‘z kuchli hishayajon bilan aytilib, undan so‘ng to‘xtatilish bo‘lsa, undov so‘zdan so‘ng ko‘p nuqta yoki vergul qo‘yiladi: Qo‘yaqol!... Men uchun... ovora bo‘lib o‘tirma... (Ch) – Oy! ...bek rahmsizlik bunaqa bo‘lar ekan... Xuddi qiyomat bo‘ldi! (A.Qodiriy).
2. Kirish so‘z va kirish gaplarda tinish belgilari. Kirish so‘z va so‘z birikmalari so‘zlovchining xabarga bo‘lgan modal munosabatlarini ifodalaydi va pauza (to‘xtalish) ohangi bilan ajralib turadi. Agar shu to‘xtalish bo‘lmasa, u gap bo‘lagi bo‘ladi: So‘zsiz, bu yil imtihonlarni yuqori baholar bilan tamomlaymiz (kirish so‘z). O‘rtog‘i bilan so‘zsiz salomlashdi (hol). Kirish so‘z shaklidagi so‘z gap bo‘lagi bo‘lganda, u tinish belgilari bilan ajratilmaydi. Kirish so‘zlar gap boshida kelsa, undan so‘ng, gap orasida kelsa, har ikki tomoniga, gap oxirida bo‘lsa undan oldin vergul qo‘yiladi.
Shubhasiz, toptalar, yengilar g‘anim. Siz bu gaplardan bexabarsiz, albatta.
Kirish gaplar – gapning ayrim bo‘laklariga yoki umumiy mazmuniga izoh beruvchi qurilmalardir. Ular pasayuvchi yoki ko‘tariluvchi maxsus ohang bilan ajralib turadi. Tarkibi uncha katta bo‘lmagan kirish gaplar vergul bilan ajratiladi. Tarkibi ancha katta bo‘lgan va gapga umumiy izoh beruvchi gaplar qavsga olinadi yoki tire bilan ajratiladi.

Qurbon ota uning suhbatini hushlamasa ham, odamning yuzi issiq – hamsafar bo‘lishi to‘g‘risidagi sazasini o‘ldirmadi.
Undov so‘zlar, vahayo‘q so‘zlaridan so‘ng tinish belgilarini ishlatilishiUndov so‘zlar va, ha, yo‘q so‘zlari aytilayotgan fikrga so‘zlovchining munosabatini bildiradi, ulardan so‘ng vergul, agar chuqur his-hayajon ifodalansa, undov belgisi qo‘yiladi:
voy, qir muncha chiroyli bo‘p ketdi? voy-vuy! Asl jannat deng, taqsir. Oh-oh-oh! Otangizga rahmat! Ha, yana bir kichik stansiya qolibdi.
Yo‘q, urushning nomi o‘chsin.
Undov so‘zlar so‘zlovchining his-hayajonini (sevinchi, qayg‘usi, qo‘rqishi, havasi, achinishi, taajjubi, nafrati, pichingi afsusi va...), ha va yo‘q so‘zlari so‘zlovchining roziligi yoki qarshiligini bildiradi. His-hayajon, fikr tugallanmagan o‘rinlarda undov so‘z va ha, yo‘q so‘zlaridan so‘ng ko‘p nuqta qo‘yilishi ham mumkin: O...serjant, bu urush ko‘p odamlarning yostig‘ini quritib yubordi. Undov so‘zlar va ha, yo‘q so‘zlari mustaqil gaplar bo‘lib kelishi ham mumkin. Bunda ulardan keyin tinish belgilari sodda gaplardagi kabi qo‘llanadi: O... Ho‘kiz yo‘q, o‘g‘il ko‘cha tomondan teshilgan...

Yüklə 146,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin