Boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqini o’stirishda xalq iboralaring o’rni. I bob. Boshlang’ich sinf darslarida bolalar nutqini o’stirish


I.2.” Onat tili va o’qish savodxonligi” darslarida bolalar nutqini o’stirish



Yüklə 51,97 Kb.
səhifə7/9
tarix02.12.2023
ölçüsü51,97 Kb.
#137527
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqini o’stirishda xalq iboralaring o’rni.

I.2.” Onat tili va o’qish savodxonligi” darslarida bolalar nutqini o’stirish.
Yordamchi mehnat ta’limi maktabida o‘qish darslarida nutqni o‘stirish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Xar bir o‘qituvchi bola nutqini xar tomonlama o‘rganib chiqishi lozim O‘qish darslarida logoped boshlagan ish davom ettiriladi, bola talaffuziga katta e’tibor beriladi, nuqsonlari tuzatib boriladi. O‘qish darslarida bolaning lug‘at boyligi qay holatda ekanligi aniqlanadi, boyitiladi va faollashtiriladi. Grammatik jihatdan gapni to‘g‘ri tuzishga o‘rgatish ishlari davom ettiriladi. Dialogik va monologik nutqni o‘stirish, o‘z fikrlarini izchillik bilan mantiqan to‘g‘ri bayon etishga o‘rgatish ishlari ham dastur talablaridan asosiylari bulib hisoblanadi. O‘qituvchining savollariga javob qaytarish, o‘qilgai matn mazmunini mustaqil gapirib berish, rasmga qarab oya tuzish kabi ish turlari barcha sniflarda amalga oshiriladi. O‘quv yili vaqtiga qarab mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar o‘zgaradi: og‘zaki bayoi hajmm ortib boradi, mustaqillik oshadi, ish turining sifati o‘zgaradi, jumladan xuddi matndagidek bayon va qisqa bayon, uchinchi shaxs nomidan bayoi etish, vaqt va davrni o‘zgartirib bayon etish va x. k.
Lugat ustidagi ishlar bolalarniig kurgan-kechirganlari, shaxsiy faoliyati, amaliy ishlariga, tajribasiga tayangan holda amalga oshiriladi. Shuning uchun predmetni, uning belgisi yoki sifatini ko‘rsatish, tatib ko‘rish yo‘li bilan amalga oshirilgan lugat ishlari eng samaralidir. '
Amaliy faoliyatda predmetni kuzatish, o‘rganish yanada ham faollashadi. Lugat ustidagi ishlar doim bir tartibda ( so‘zni tushuntirish, ran ichida ishlata olishga o‘rgatish, kontekst ichida ishlatish) amalga oshiriladi. Ekskursiya, kuzatishlar, predmet darslari, kinofilm, rasmlar va boshqa o‘qituv vositalari nutk ustirish manbalaridir. Yangi urganilgan suzlar leksiko-semantik va leksiko-stilistik mashqlar yordamida mustahkamlanadi. Leksiko-semantik mashqlarga: belgisiga qarab so‘zni topish ( rangi, shakli, nimadan qilinganligi ); buyumlarni taqqoslash, analiz va sintez qilish, qismlarga bo‘lish, qismlardan bir butun nima ekanligini aniqlash (to‘rt oyoqli, taxtadnm yasalgan -stol); asosiy belgisiga kura buyumlarni tasniflash(meva-olma,nok, uzum).
Leksiko-stilistik mashklar suzlarni gap ichida to‘g‘ri qo‘llash va yozishga o‘rgatish maqsadida olib boriladi. Tilning grammatik vositalarini bola qay darajada o‘zlashtirganligiga qarab uning fikrlash qobiliyati, tafakkuri baholanadi. Aqli zaif bolalarning deyarli barchasida gap tuzishning leksiko-grammatik poydevori shakllanmagan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari muloqat vaqtida aytmoqchi bo‘lganini chalkashtirib, gap tuza olmaydilar, gap ichidagi so‘zlarni bir biri bilan to‘g‘ri bog‘lay olmaydilar, tushurib ketadilar. Natijada fikri buziladi, so‘zlari poyma-poy bo‘lib qoladi.
Aqli zaif bolalar bilan gap ustida ishlashning asosiy yo‘nalishlari kuyidagicha:
Gan tuzishga o‘rgatish, o‘z fikrlarini bayon etishda to‘g‘ri tuzilgan grammatik va leksik vositalardan urnnli foydalana olish, savollarga tugri javob kaytarish.
Gap tuzish mashqlariii quyidagi tartibda utkazish mumkin:
o‘yin faoliyati, kuzatish, amaliy ishlar, rasm asosida o‘qituvchining topshirig‘iga binoan mustaqil ravishda ran tuzish, matn ichidan kerakli gailarni ajratib olish, gan ichidagi so‘zlarii almashtirish; gapni tugallash (ma’nosiga ko‘ra tartibsiz berilgan so‘zlardan ran tuzish va boshqalar).
Aqli zaif bolalar nutqi|ning barcha tuzumlari
(fonetiko-fonematik, leksik va grammatik) yaxshi rivojlanmaganlign
natijasida bog‘langan nutqining shakllanishi ancha mushkul.
Bog‘langai nutq impressiv (atrofdagilar nutqini tushunish) va ekspressiv (tapira olish) nutqlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bog‘langan nutqni ustirish shplari dialogik nutqni o‘strish mashqlaridan boshlanadi.
Suhbat-dialogik nutqni rivojlantirishning asosiy usuli. Suhbat orkqali bola to‘liq gaplarni tuzishga mashq qiladi. Yil sayin gaplar murakkablashib, bir vaqtni o‘zida bola uch-to‘rt gap orqali javob berishga va shu yul bilan monologik nutq elementlarini egallashga o‘rganadi. Bola nafaqat javob beradi, balki mustaqil savol berishga ham o‘rganib boradi. Suhbatdan so‘ng, o‘qish darslarida bola matn mazmunini bayon etishga harakat qiladi. Bog‘langan nutqni o‘stirishda quyidagi talablarga amal qilish lozim: gapirshni talab etadigan vaziyatni yaratish, gapirishga intilish-motiv, hohish, qiziqish uyg‘otish; amaliy faoliyat asosida mantiqan to‘g‘ri gapira olishga o‘rgatish (rasmli, sxematik so‘z bilan ifodalangai reja asosida); bayon etishning maqsadini bolaga aniq qilib tushuntirish; mustakil bayon etishga o‘rgatish. Bunda o‘qituvchi iloji boricha gapirmaydi, imo-ishora yordamida rasmni ko‘rsatish, rangni va shaklni ko‘rsatish va boshqa yo‘llar bilan yordam berib boradi. Bog‘laigan nutqni o‘stirish ishlari bayon etishga tayyorlash, o‘rganilgan matnga reja tuzish, gaplarni leksik, morfologik, sintaktik jixatdan to‘g‘ri tuzishga o‘rgatish bosqichlari bo‘yicha amalga oshiriladi.


Yüklə 51,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin