Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan egallagan bilim saviyasi ko‘pdan beri hammamizni tashvishga solayotgani hech kimga sir emas


”Tovushlar va harflar” b o’limini o’rganishda



Yüklə 289,61 Kb.
səhifə7/10
tarix31.12.2021
ölçüsü289,61 Kb.
#112834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan egallagan bilim saviyasi ko‘pdan beri hammamizni tashvishga solayotgani hech kimga sir emas

2.3 ”Tovushlar va harflar” b o’limini o’rganishda

foydalaniladigan didaktik o’yinlar

Jamiyatdagi ijtimoi-iqtisodiy islohotlar, insoniyat hayotiga turli yangiliklarning kirib kelishi ta’lim sohasida ham bir qator o’zgarishlar qilishini taqazo etmoqda. Hozirgi kunda ta’lim sohasida erishilgan yutuqlarni saqlagan holda, bir xillikdan, bir qolipga tushib qolishdan saqlanmoq zarur. Ta’limning kishi xotirasini rivojlantirishga asoslangan turidan inson tafakkurini har tomonlama rivojlantirish, o1quvchilar egallagan bilimlarni amaliyotda qo’llash, ularda amaliy ko’nikma va malakalar hosil etishga qaratilgan turiga o’tishga harakat qilish shu kunning talabi. Shunga erishilsagina vatanimiz kelajagi bo’lgan yosh avlod tarbiyasi oldiga qo’yilgan vaziga oqilona hal etilishi mumkin.

Bola hayotida bog’chadan so’ng maktabning dastlabki davrlari ham muhim o’rin tutadi. Shu bois boshlang’ich ta’lim davri ta’lim jarayonidagi eng mas’uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi.

Bu davra bolaning zehnini o’stirishga qaratilgan har bir mashg’ulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta’lim jarayonini qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim, chunki bu muddat bolaning o’yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya’ni o’quv faoliyatiga o’tganligi bilan xarakterlanadi.

Bolaning o’quv faoliyatini rivojlantirishda turli o’yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar o’yin orqali o’z bilimlarini mukamallashtiradilar va uni chuqur o’zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda, ta’lim jarayonida qo’llaniladigan didaktik o’yinlarning roli beqiyosdir. Didaktik o’yinlar ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta’lim jarayonida o’quvchilar faolligini, o’qish motivlarini rivojlantiradi. O’qish motivlari ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil ertishda ham muhim o’rin tutadi.

Didaktik o’yinlar boshlang’ich sinflarda ta’limning samarali bo’lishiga o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishga ham katta yordam beradi, ya’ni didaktik o’yinlar vositasida nazariy bilimlar oson egallanadi, o’quvchilarning bilim olishga qiziqishlari ortadi.

Didaktik o’yinlar nafaqat boshlang’ich sinflarda, balki ta’limning keying bosqichlarida ham o’quvchilarning bilimga bo’lgan ishtiyoqlari rivojiga katta turtki bo’lishi mumkin. Ayniqsa qiyin o’zalashtiruvchi o’quvchilarning bilish imkoniyatlarini oshirishga bunday o’yinlar samarali ta’sir ko’rsatadi.

1-4 -sinfda o’quvchilarga “Fonetika”, “Morfologiya” va “Sintaksis” ga oid bilimlar beriladi, to’g’ri yozish malakalari shakllantiriladi. Albatta, boshlang’ich sinflarda yuqoridagi atamalar qo’llanilamaydi.

O’qituvchi tilshunoslikninh qaysi bo’limiga oid mavzuni o’rgansa, shu mavzuga mos ta’limiy o’yin tanlashi lozim. Shuning uchun biz ta’limiy o’yinlarni guruhlarga ajratib berishni lozim topdik.

“Tovushlar va harflar” bo’limiga oid ta’limiy o’yinlar:

1. “Telefon” o’yini.

O’yinning maqsadi: O’quvchilarni tovushlarni aniq talaffuz qilishga o’rgatish, sezgirliklarini tarbiyalash.

O’yinni tashkil etish. Bir o’quvchi yonida o’tirgan o’quvchining qulog’iga shivirlab bir so’z aytadi. So’zni eshitgan o’quvchi o’sha so’zni o’zidan keying o’rtog’iga aytadi. O’yin so’ngida oxirgi o’quvchidan qaysi sozni eshitgani so’raladi. So’rash natijasida zanjir uzilgan joy aniqlanadi.

2. “So’z top” o’yini.

O’yinning maqsadi: Tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish. Sezgirligini oshirish.

Bu o’yinni bir necha variantda tashkil qilish mumkin:

a) ma’lum bir tovush bilan boshlanuvchi so’zlar topish. Masalan, sh tovushi bilan boshlanuvchi so’zlar topish: shamol, shahar …. .

b) oxiri bir xil tovush bilan tugaydigan so’zlar topish: gul, kul, ko’l … .

3. “Ma’noni o’zgartir” o’yini.

Bu o’yin ham bir necha variantda o’ynaladi.




Yüklə 289,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin