III BOB. UMUMIY XULOSALAR.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
BOSHLANG’ICH SINFLARDA DIDAKTIK O’YINLAR ORQALI TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
(ONA TILI DARSLARI MISOLIDA)
MUNDARIJA
KIRISH.
I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARINI TASHKIL ETISHNING ILMIY- METODIK ASOSLARI
1.1.Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rgatishning mazmuni va vazifalari
1.2. Boshlang’ich sinflarda “Tovushlar va harflar” bo’limi yuzasidan beriladigan bilimlar. ……………………………………………………….
II BOB. 1- 4- SINFLARDA “TOVUSHLAR VA HARFLAR” BO’LIMINI O’RGANISHDA QO’LLANADIGAN DIDAKTIK O’YINLAR
2.1. Boshlang’ich sinflar “Ona tili”darsliklaridada didaktik o’yinlarning yoritilishi
2.2. Didaktik o’yinlar va ularning turlari
2.3. “Tovushlar va harflar” bo’limini o’rganishda didaktik o’yinlardan foydalanish.
III BOB. UMUMIY XULOSA VA TAVSIYaLAR.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR
ANNOTATSIYa
« Boshlang’ich sinflarda didaktik o’yinlar orqali ta’lim samaradorligini oshirishning pedagogik asoslari» mavzusida yozilgan Bitiruv malakaviy ishida ona tili darslarining sifat va samaradorligini oshirishda qo’llaniladigan didaktik o’yinlarning turlari hamda ularning mazmun-mohiyati yoritib beriladi.
Bolaning o’quv faoliyatini rivojlantirishda turli o’yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar o’yin orqali o’z bilimlarini mukamallashtiradilar va uni chuqur o’zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda, ta’lim jarayonida qo’llaniladigan didaktik o’yinlarning roli beqiyosdir. Didaktik o’yinlar ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta’lim jarayonida o’quvchilar faolligini, o’qish motivlarini rivojlantiradi. O’qish motivlari ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil ertishda ham muhim o’rin tutadi.
Didaktik o’yinlar boshlang’ich sinflarda ta’limning samarali bo’lishiga o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishga ham katta yordam beradi, ya’ni didaktik o’yinlar vositasida nazariy bilimlar oson egallanadi, o’quvchilarning bilim olishga qiziqishlari ortadi.
Mazku Bitiruv malakaviy ishda didaktik o’yinlar nafaqat boshlang’ich sinflarda, balki ta’limning keying bosqichlarida ham o’quvchilarning bilimga bo’lgan ishtiyoqlari rivojiga katta turtki bo’lishi mumkinligi ayniqsa, qiyin o’zalashtiruvchi o’quvchilarning bilish imkoniyatlarini oshirishga bunday o’yinlar samarali ta’sir ko’rsatishi batafsil yoritib berilgan.
KIRISH
Boshlang’ich sinf ta’lim tizimining poydevoridir. Boshlang’ich ta’lim Davlat ta’lim standarti mazmuni negizini, o’quvchilar egallashi lozim bo’l- gan bilim, ko’nikma, malakalarni, ularning tayyorgarlik darajasiga qo’yila- digan talablarni o’zida ifodalaydi. SHunday ekan, boshlang’ich sinf o’quvchi- lariga DTS talablari asosida ta’lim berish, tarbiyalash, o’quvchilarni “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida yetuk mutaxassis qi- lib yetishtirish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ”ning tarkibiy qismini shaxs tashkil etadi. SHunday ekan,1- sinfga qadam qo’ygan bolada o’quvchi shaxsini shakl- lantirish. Uni muvaffaqiyatli o’qib ketishi uchun zarur shart- sharoitlarni yaratish boshlang’ich sinf o’qituvchisidan kasbiy hamda metodik mahorat ta- lab etadi. Bu kabi maqsadlarni amalga oshirishda ilg’or pedagogik texnolo- giyalardan foydalanish ayni muddao bo’ladi.
Prezidentimiz I.Karimov “Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yuksaltirishdir” mavzusidagi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi nutqida: “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoit- larni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz»,1 - degan edi. Bunday ulug’ maqsadni amalga oshirish sohasidagi vazifalar “Barkamol avlod yili” Davlat dasturuda ham belgilab berildi.
Prezidentimiz tomonidan kelajak avlod tarbiyasiga berilayotgan bunday katta e'tibor ta'lim tizimi va pedagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni talab etadi. Ta'lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugun- gi kun ta'limi olgiga qo’yilgan muhim vazifalardir.
Darhaqiqat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o’quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.
SHuni aytib o’tish lozimki, shu kunga qadar boshlang’ich sinflar ona tili darslarida ilg’or pedagogik texnologiyalardan, xususan, o’yin texnologiyalaridan foydalanishga oid maxsus adabiyotlar yaratilgan emas. Bu fikrlar “Tovushlar va harflar” bo`limini o`rganishga ham talluqlidir. Ammo bo`limini o`rganishga oid ayrim fikrlar “Ona tili o`qitish metodikasi”,2 “Ona tili” darslari (1-sinf, “Ona tili” darslari), (2-sinf, “Ona tili” darslari), (3-sinf, “Ona tili” darslari), (4-sinf, “Ona tili” darslari)3 darslik va o`qituvchi kitoblarida bayon qilingan.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Tovushlar va harflar bo’lmini o’rganishda qo’llanadigan samarali didaktik o’yinlarni aniqlash va ularni tashkil etish metodikasini yoritish..
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi: Ish kirish, uch bob, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat.
Dostları ilə paylaş: |