Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondashuv. Reja


Mehnat tarbiyasida xalq og’zaki ijodining o ’rni



Yüklə 37,02 Kb.
səhifə4/4
tarix15.10.2023
ölçüsü37,02 Kb.
#130228
1   2   3   4
1-4 b

Mehnat tarbiyasida xalq og’zaki ijodining o ’rni.
Reja
1.Xalq og„zaki ijodida mehnat tarbiyasining targ„ib etilish.
2.Xalq maqollarida mehnat tarbiyasi.
3.Xalq rivoyatlari asosida o „quvchilami mehnatga o „rgatish

Ma‟naviyat qadim zamonlardan inson dunyoqarashini, xatti-harakatini, jamiyatda tutgan o„rnini, xalqqa, vatanga, atrofidagi odamlarga bo„lgan munosabatini boshqaruvchi omil hisoblanadi. Ma‟naviy qashshoq kimsa hayotda ro„y berayotgan voqealarga loqayd bo„ladi. Loqaydlik esa tuzatib bo„lmas oqibatlarga olib keladi. Ma‟naviy qashshoq odam uchun Vatan, xalq, oila kabi muqaddas tushunchalar yot. SHuning uchun keksa avlod, avvalo, farzandning ma‟naviy dunyosini shakllantirish chorasini rejalashtirgan. Aslini olganda, xalq dostonlari, ertaklari, qo„shiqlari, maqollari va boshqa o„nlab janrdagi asarlar yosh avlodning ma‟naviyatini boyitish, uni haqiqiy inson darajasiga etishini ta‟minlash maqsadini nazarda tutgan holda yaratilgan. O„tgan asrgacha bugungi kundagi matbuot, o„quv dargohlari, madaniyat markazlari, radio, televidenie, internet kabi ta‟lim, ma‟rifat tizimi bo„lmagan. Bu vazifalarni bajarish, asosan, xalq og„zaki ijodi zimmasiga yuklatilgan. Natijada, xalq og„zaki ijodi xalq pedagogikasi zaminini tashkil etgan. Odatda, xalqning mustaqilligi, uning ravnaqi badiiy adabiyot bilan uzviy bog„lanadi. Og„zaki ijod esa, badiiy adabiyotning ajralmas qismidir. SHuning uchun xalq ustidan hukm yuritishga harakat qilgan hokimiyat, avvalo, uning adabiyotini boshqarishga uringan. Sobiq sho„ro tuzumi sharoitida xalq bayrami – Navro„z, “Alpomish”, “Ravshan” dostonlarimiz taqiqqa uchragan. Folklor ekspeditsiyasiga xalq og„zaki ijodi asarlarini yozib olish maqsadida chiqqanimizda islom diniga oid asarlarni yozib olish ma‟qul ko„rilmas edi. Bu harakatlarning hammasi og„zaki adabiyotimizni yo„q qilish niyatini amalga oshirish choralari edi, xolos. 1991 yil 1 sentyabrda O„zbekiston mustaqil respublika deb e‟lon qilindi. YUrtimiz ijtimoiy hayotidagi bu o„zgarishni o„zbek xalqi o„nlab yillar davomida orziqib kutgan edi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq davlatimiz o„tmish qadriyatlarni qaytadan tiklash, odamlar qalbida tutqunlikda yotgan madaniy merosimizga keng yo„l ochish siyosatini amalga oshirdi. Dunyo ilmi taraqqiyotiga munosib hissa qo„shgan buyuk allomalarimiz nomlari, ularning kashfiyotlari haqidagi ma‟lumotlar qatori turli munosabatlar bilan urf-odatlar, rasm-rusumlar ham tilga olina boshlandi. Bu tadbirlar har bir o„zbek qalbida milliy g„urur tuyg„usini




uyg„otish maqsadini nazarda tutdi. Aslida, o„zbeklarning dunyoda ilg„or, benazir madaniyatga ega bo„lgan xalq ekanligini tasdiqlovchi fikrlar mustabid tuzum paytida ham aytilgan. Ammo bunday hur gaplarning mualliflari qatag„on qilingan edilar. Ularning ko„pchiligi sirli vaziyatlarda hayotdan ko„z yumdilar. Fitrat, CHo„lpon, Qodiriy, Otajon Hoshim, Sulaymon Xo„ja va boshqalar esa o„ylab topilgan yolg„on jinoyatlarda ayblanib otildilar. Ayrimlari – Usmon Nosir, keyinchalik Mirtemir, Maqsud SHayxzoda, Said Ahmad, SHukrullo, SHuhrat kabilar uzoq muddatga qamoqqa olindilar. Ammo erkinlikni, o„tmishdagi xalq allomalarining kashfiyotlarini targ„ib etuvchi asarlar tizimi murakkab vaziyatda ham to„xtab qolmadi. XX asrning 60-70-yillari adabiy hayotga yosh ijodkorlar sifatida kirib kelgan Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi shoirlar “O„zbegim”, “O„zbekiston” kabi poetik asarlar yaratdilarki, bu davrda yashagan yurtdoshlarimiz O„zbekiston qadimdan ilm-ma‟rifat, kashfiyotlar va qadriyatlar yurti ekaniga komil ishonch bildira boshladilar. Xalqimizning haqiqiy farzandlari sa‟y-harakati bilan “Xalq og„zaki ijodi” turkumida “Alpomish” dostoni, Ergash Jumanbulbul, Fozil shoir, Po„lkan, Islom shoir, Bola baxshi ijro etgan epos namunalari, xalq qo„shiqlari, ertaklari, askiya, latifa, topishmoqlarning nashr qilinishi nur ustiga nur bo„ldi.
Yüklə 37,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin