Kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlar Ektremal kompetentlik Psixologik,metodik,informatsion,kreativ,
innovatsion, kommunikativ va boshqa kompetentlik
- murakkab jaraѐnlarda;
- noaniq vazifalarni bajarishda;
- bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;
- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo‘la olishda
- o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi;
- yangi axborotlarni o‘zlashtiradi;
- davr talablarini chuqur anglaydi;
- yangi bilimlarni izlab topadi;
- ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi
1) psixologik kompetentlik– pedagogik jaraѐnda sog‘lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jaraѐnining boshqa
ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy
psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
2) metodik kompetentlik– pedagogik jaraѐnni metodik jihatdan
oqilona tashkil etish, ta’lim ѐki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri
belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish,
metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;
3) informatsion kompetentlik– axborot muhitida zarur, muhim,
kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash
va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish;
O'quvchilarning mehnat tarbiyasida mehnat an'analarining o'rni Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsadi, vazifalari, shakl va metodlari.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko‘maklashsin. Mehnat tarbiyasining provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishdir.
O‘quvchilarning ijtimoiy rivojlanishini ta'minlashda mehnat tarbiyasi muhim shartlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Uning amalga oshirilishi davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy siyosat mazmuni bilan belgilanadi.
O‘zbekistonda, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishning asosiy tamoyillari jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning asosi sanaladi.
Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar rivojlanishini yuksak bosqichga ko‘tarish uchun ishlab chiqarishni keng ko‘lamda kompyuterlashtirish, iste'mol mahsulotlarini jahon standartlari darajasida ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda.
Bularning barchasi yuksak intellektual va jismoniy kamolotga ega bo‘lish, ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslaridan to‘laqonli xabardor bo‘lish, mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo‘ladigan yoshlarni tarbiyalashni taqozo etadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta'lim muassasalarida mehnat ta'limi va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan ulkan talablarni qo‘yadi.
Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:
yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;
o‘quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish;
ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
o‘quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish;
o‘quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, hayotiy faoliyat yo‘nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;
o‘quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
o‘quvchilarni kasbga yo‘llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar bilan tanishtirish.
Mazkur vazifalar tizimida o‘quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan tayyorlash ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarning aqliy, ma'naviy-axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyasi bilan o‘zaro bog‘lik holda yaxlit tizimda amalga oshiriladi. Chunonchi:
Aqliy tarbiya o‘quvchilar mehnat tarbiyasi, ularni kasbga tayyorlashning asosi sanaladi. Zero, mehnat – nazariy va amaliy bilimlarni egallashga yordam beradi, bilim esa o‘z navbatida shaxsni mehnatga tayyorlashni takomillashtiradi.