1. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra:
I. Lab undoshlari:
a) Lab-lab undoshlari: B; P; M = 3 ta b) Lab-tish undoshlari: V; F = 2 ta (v-lab tish undoshi boshqa tillardan kirgan so’zlarda uchraydi 1); II. Til undoshlari:(tilning tanglayning qaysi qismiga urulishiga ko’ra)
a) Til oldi: D; T; Z; S; Sh; J; Ch; R; N; L = 10 ta b) Til o’rta Y = 1 ta c) Sayyoz til orqa G; K; NG = 3 ta d) Chuqur til orqa Q; G’; X = 3 III. Bo’g’iz undoshlari: H = 1 ta 2. Hosil bo’lish usuliga ko’ra:
I. Portlovchi: B; P; D; T; G; K; J; Q; M; N; Ng. = 11 ta II. Sirg’aluvchi: V; F; Z; S; Sh; X; H; L; R; Y; G’.= 11 ta III. Qorishiq undosh: Ch.= 1 ta 3. Ovozning ishtirokiga ko’ra (un paychalarining ishtirokiga ko’ra):
I. Jarangli undoshlar: B; D; Z; V; G; G’; J; Dj; Y; M; Ng; L; R; N.=14 ta II. Jarangsiz undoshlar: P; T; S; F; K; X; Ch; Sh; Q; H.=10 ta 4. Shovqinning ishtirokiga ko’ra (tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra)
I. Shovqinlilar: B; D; F; G; H; J; K; P; Q; S; T; V; X; Y; Z; G’; Sh; Ch.= 18 tq II. Sonorlar: M; N; L; R; Ng. = 5 ta5. Tarkibiga ko’ra:
I. Sof undoshlar: B; D; F; G; H; J; K; P; Q; S; T; V; X; Y; Z; G’; Sh; M;N; R; Ng =22 ta undosh II. Qorishiq: Ch= 1ta r-titroq tovush, l-yon tovush.
Nutqning fonetik bo’linishi Nutq turlicha hajmdagi fonetik bo'laklardan tarkib topadi. Jumla, takt, so'z, o'g'in va tovush nutqning ana shunday fonetik bo'laklaridir.
Jumla nutqning ikki to'xtam (pauza) oralig'idagi ohang butunligi, bo'lib u ko'pinchagapga teng bo'ladi.Takt esa jumlaning ikki qisqa to'xtalish orasida keluvchi va bir bosh urg'u bilan aytiladigan bo'lagidir. Jumla yoyiq tarkibli va yig'iq tarkibli bo'ladi. Yoyiq tarkibli jumla taktlarga ajraladi, yig'iq tarkibli jumla esa bir taktga teng bo'ladi.Masalan: Bugun bayram. Hosil bayram. Biz hasharga chiqqan xo'jalik ham, Buka tuman ham paxta tayyorlash rejasini allaqachon bajargan edi (O'.H). Keltirilgan parchadagi birinchi va ikkinchi jumlalar yig'iq sostavli bo'lib, ular bir taktga tengdir. Uchinchi jumla esa uchta taktdan iborat bo'lib yoyiq tarkiblidir. Jumlani "gap" tushunchasi bilan aralashtirmaslik lozim.
Jumla fonetik tushuncha bo'lsa, gap grammatik tushunchadir. Jumlani ohang butunligi deb, gapni esa grammatik butunlik deb tushunamiz. Jumlani taktlarga, gapni esa ega, kesim, aniqlovchi va h.k., bo'laklarga ajratamiz.