Boshlang'ich sinfda undosh tovush va harflarni o'rganish



Yüklə 51,59 Kb.
səhifə5/14
tarix04.11.2023
ölçüsü51,59 Kb.
#131122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
BOSHLANG\'ICH SINFDA UNDOSH TOVUSH VA HARFLARNI O\'RGANISH

2) sirg`aluvchi undoshlar (jami 9 ta) ikki nutq a’zosining o`zaro yaqinlashishi va havo oqimining ana shu nutq a’zosi orasidan sirg`alib chiqishi bilan hosil  bo`ladigan tovushlar bo`lib, ularga v, j (jurnal, vijdon), z, y, s, f, x, sh, g` , h undoshlari kiradi.
Havo oqimining ikki lab o`rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi tor oraliqdan sirg`alib o`tishi j (jirafa), z, s, sh undoshlarini; til o`rta qismi bilan qattiq tanglayning o`rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg`alib o`tishi y undoshini; tilning orqa qismi bilan tanglayning orqa qismi o`rtasidagi tor oraliqdan sirg`alib o`tishi g`, x undoshlarini; bo`g`izdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan sirg`alib o`tishi esa h undoshini vujudga keltiradi.
3) portlovchi-sirg`aluvchi undoshlar (jami 5 ta) bir vaqtning o`zida ham portlash, ham sirg`alish jarayonlarining ro`y berishi natijasida hosil bo`ladi. Ularga m, n, ng, l, r undoshlari kiradi. Bunday undoshlar hosil bo`lish usuliga ko`ra boshqa undoshlar (portlovchilar, sirg`aluvchilar) dangina emas, o`zaro ham farq qiladi va uch guruhga bo`linadi:
a) burun tovushlari: m, n, ng.  Bulardan m undoshining hosil bo`lishida o`pkadan kelayotgan havo oqimining bir qismi og`iz bo`shlig`idan lablarning to`sqinligiga uchrab, qisman portlab, havo oqimining qolgan qismi burun bo`shlig`idan sirg`alib chiqadi, n undoshining hosil bo`lishida esa til uchi yuqori tishlarga va milkka tegib, yarim portlash ro`y beradi, burun yo`li ochiq bo`lgani uchun, havo oqimining qolgan qismi burun bo`shlig`i orqali sirg`alib chiqadi. Tilning orqa qismi qattiq tanglayning orqa qismiga tegib, havo oqimining qisman portlashi va havo oqimining bir qismi burun bo`shlig`i orqali sirg`alib chiqishi ng tovushini vujudga keltiradi. 
b) yon tovush l  undoshini hosil qilishda til uchi yuqoriga tomon bukilib, milkka tegadi, ammo havo oqimining tilning ikki yonidan sirg`alib o`tishi uning og`iz bo`shlig`idan qisman portlab, qisman sirg`alib chiqishiga sabab bo`ladi.

Yüklə 51,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin